Foto: Prezident matbuot xizmati

29-30 mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasini Toshkent xalqaro aeroportida prezident Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi. Yuksak martabali mehmon sharafiga Milliy gvardiya Faxriy qorovul qo‘shinlari saf tortdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bilan tanishishdan boshlandi. Martabali mehmon Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Shundan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Faxriy qorovul oliy martabali mehmon qarshisida yangi libosda saf tortgani jamoatchilikning e’tiborini tortdi. Jumladan, huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev Faxriy qorovul xorijiy davlat rahbari oldida ilk marta yangi libosida ko‘rinish bergani haqida yozdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

U o‘tgan yilning oktyabrida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni tantanali kutib olish marosimida Faxriy qorovul eski formada bo‘lganiga e’tibor qaratgan.

Foto: Telegram/Xushnudbek.uz