OPeK mamlakatlari may oyida neft qazib olishni sutkasiga 432 ming barrelga ko‘paytiradi. Bu haqda tashkilot saytida xabar qilindi.
May oyi uchun belgilangan jadvalga ko‘ra, Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni sutkasiga 113 ming barrelga oshirib, 10,549 mln barrelga yetkazadi.
Tashkilotning barcha a’zolari qazib oladigan neft hajmi sutkasiga 42,126 mln barrelgacha yetishi mumkin.
Ushbu qaror fonida Brent rusumidagi neft narxi 5,5 foizga arzonlashdi.
May oyi uchun shartnomalarda bir barrel neft narxi 107 dollar atrofida bo‘ldi.















