1 aprel kuni tongda Belgorodda joylaşgan neft bazasida yirik yonğin röy berdi. Bu haqda Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov telegramdagi kanalida xabar bergan. Yonğin «Rosneft»ga qaraşli «Belgorodnefteprodukt» bazasida röy bergan. FVV ma’lumotiga köra, Konstantin Zaslonov köçasidagi yonğin haqida signal soat 5:51da kelib tuşgan. Neftbaza hududida dizel yonilğisi saqlanadigan sakkizta rezervuar (har birining hajmi 2000 kub metrdan) yonib ketgan. Soat 12:50 ga kelib öt öçiruvçilar ularning yarmidagi olovni öçirişgan. Öt öçiriş işlariga avtosisternalarga suv quyib beruvçi öt öçiruvçilar poyezdi jalb etilgan.
Gubernator bergan ma’lumotga köra, neft bazaning ikki nafar xodimi jabrlangan. FVV va «Rosneft» esa qurbonlar va yaralanganlar yöqligini aytgan. Neft baza xodimlari, şuningdek atrofdagi köçalar aholisi vaqtinça köçirilgan.
Belgorod oblasti gubernatori yonğin «Ukraina qurolli kuçlarining ikki vertolyoti yöllagan zarbalar» oqibatida röy bergani haqida aytgan. Uning sözlariga köra, bu vertolyotlar «Rossiya hududiga juda pastlab uçib kirib kelgan». Gubernator boşqa tafsilotlarni keltirmagan. Belgorod Ukraina çegarasidan 35-40 kilometr masofada joylaşgan. Agar aviazarbalar töğrisidagi ma’lumot tasdiqlansa, bu Ukraina kuçlari tomonidan Rossiya hududiga bu tarzda qilingan ilk hujum böladi.
Belgorod atrofidagi turli aholi punktlaridan ham aviatsiya va artilleriya zarbalari haqida xabarlar kelgan. Xususan, Severniy posyolkasiga (Belgoroddan 5 kilometr masofada) «Konstanta» bosmaxonasi jabrlangan. Xodimlarning sözlariga köra, vertolyotlar bosmaxonani ertalabki soat 5:30 atrofida öqqa tutişgan. Bino derazalari singan, texnikalarga şikast yetgan, atrofda esa «raketa bolvankalari» yotganini köriş mumkin. Bundan taşqari, yaqin atrofdagi «Rosenergouçyot» binosiga ham raketa kelib tuşgan. Hududni minalardan tozalaş işlari ötkaziş rejalaştirilgan.
Severniy posyolkasida ikki sanoat parkidagi kamida yetti obekt jabrlangan: işlab çiqariş obektlaridan taşqari elektr uzatiş liniyasi va transformator nimstansiyasi şikastlangan. Yaralanganlar yoki qurbonlar borligi haqida xabar berilmagan.
TASS manbasi 1 aprel kuni kunduzi Nikolskoye qişloğida (Belgoroddan 20 kilometr uzoqda) «Ukraina hududidan uçirilgan» artilleriya snaryadi bolalar boğçasi hududiga kelib tuşgani haqida xabar qilgan. Tez yordam bu yerga tibbiy xodimlar brigadasi jönatilganini ma’lum qilgan, jabrlanganlar bölmagan. «Belgorod № 1» telegram kanali Nikolskoyga qandaydir obekt kelib tuşişi aks etgan videoni tarqatgan (ammo videoda butunlay boşqa sana aks etgan — 2018 yil 16 yanvar).


















