“Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat test markazi tomonidan yangi testlar töplami çiqqani haqida feyk xabarlar tarqaldi. Kitob dökonlaridan borib ataylab şu kitoblarni topib keldik. 2021 yilning test kitoblari soxta – DTM tomonidan çiqarilmagan.
Bu kitoblar içidagi savollarning taxminan 50 foizi DTMning diagnostik testlaridan olingan, ular ham xato bilan kiritilgan. Qolgan 50 foizi esa bizga tegişli emas. Şu sababli ogoh bölişingizni söraymiz”, deya munosabat bildirdi Davlat test markazi direktori örinbosari Sardor Rajabov.
Sardor Rajabovning qayd etişiça, albatta, bu kitobni çiqarganlarga qonuniy çora köriladi. DTM bu böyiça tegişli taşkilotlarga murojaat qiladi.
Qöşimça qilinişiça, bu yil DTM abituriyentlar tayyorgarlik körişi uçun töplamlar çiqarmagan. Biroq uning örniga diagnostik testlarni yölga qöygan. Unga my.dtm.uz orqali buyurtma beriş mumkin. Bundan taşqari, taşkilotning Telegram-boti orqali ham diagnostik testlarga buyurtma beriş mumkin. Bot orqali pulli va bepul testlarni olib işlaş mumkin.
















