Ilon Mask Twitter kompaniyasi ulushini sotib olgani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng kompaniya aksiyalari narxi 20 foizdan ortiqroqqa o‘sdi, deb xabar berdi Reuters.

AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Mask kompaniyaning 73,5 million dona aksiyasiga yoki barcha aksiyalarning 9,2 foiziga egalik qilmoqda.

Aksiyalar paketi qiymati 2,8 milliard dollardan ortiroqroqni tashkil etadi.

Reuters agentligining qayd etishicha, Mask kompaniyaning eng yirik aksiyadoriga aylangan.

Maskning o‘zi hozircha bu ma’lumotga izoh bermadi.