May oyi boshida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
Budjet tashkilotlarida haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar uchun may oyining dastlabki 9 kunidan 6 kuni dam olish kunlari bo‘ladi. Ular 1–9 may oralig‘ida faqat uch kun ishga chiqadilar.

Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kunlari
O‘zbekistonda may oyi boshida ikkita bayram – Ramazon hayiti hamda Xotira va qadrlash kunlari nishonlanadi. Shu bois oy boshida dam olish kunlari sezilarli ko‘p bo‘ladi.
2021 yildan boshlab o‘rnatilgan tartibga binoan, qator bayramlar, xususan Ramazon hayitida ham xodimlar kamida 3 kun dam olishi belgilangan.
Dekabr oyida imzolangan prezident farmoniga asosan, 2022 yilda haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar uchun 4 va 5 may qo‘shimcha dam olish kunlari deb belgilangan. Bunda Ramazon oyi 3 apreldan boshlanishi va 30 kun davom etib, hayit 3 mayga to‘g‘ri kelishi taxmin qilingan.
Ramazon oyi 2 aprel kuni boshlangani hisobga olinsa, hayit bayrami 2 mayga to‘g‘ri kelishi, shu bois qo‘shimcha dam olish kunlari oldinga surilishi mumkin. Shu bilan birga, Oy ko‘rinishiga qarab, hayit 1 mayga to‘g‘ri kelishi ehtimoli ham bor.
2022 yil may oyi boshidagi dam olish kunlari – haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun*:
- 1 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni
- 2 may, dushanba – Ramazon hayiti – ishlanmaydigan bayram kuni*
- 3 may, seshanba – qo‘shimcha dam olish kuni*
- 4 may, chorshanba – qo‘shimcha dam olish kuni*
- 8 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni
- 9 may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan bayram kuni
* Ramazon hayiti Oy chiqishiga qarab 1 may yoki 2 may kuni nishonlanadi. Qo‘shimcha dam olish kunlari shunga muvofiq surilishi mumkin.
Haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun may oyida qo‘shimcha dam olish kuni belgilanmagan. Biroq ular ham 3–4 may (dushanba–chorshanba) kunlari dam olishadi. Aniqrog‘i, 5 kun ishlovchilarning 7 may (shanba) va 14 may (shanba)dagi dam olish kunlari Hayit bayramidan keyingi kunlarga ko‘chiriladi.
2022 yil may oyi boshidagi dam olish kunlari – haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun*:
- (30 aprel, shanba – odatiy dam olish kuni)
- 1 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni
- 2 may, dushanba – Ramazon hayiti – ishlanmaydigan bayram kuni*
- 3 may, seshanba – 7 may, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni*
- 4 may, chorshanba – 14 may, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni*
- 8 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni
- 9 may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan bayram kuni
* Ramazon hayiti Oy chiqishiga qarab 1 may yoki 2 may kuni nishonlanadi. 7 va 14 maydan ko‘chirilgan dam olish kunlari shunga muvofiq surilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, budjet tashkilotlarida qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini qisqartirish hisobiga qoplanadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20
-
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 21:59
-
Andijondagi toshqin, oliy ta’limdagi o‘zgarishlar va do‘xtirlarga $1500 oylik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:33
Mavzuga oid

14:22 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?

10:55 / 05.05.2025
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam beriladi?

21:19 / 03.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?

17:44 / 25.03.2025