Qayd etilişiça, Alijon Mamatkarimov Örmon xöjaligi davlat qömitasi raisining kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari – "Yaşil hudud" DUK direktori lavozimida iş boşladi.

Alijon Mamatkarimov şu kungaça Örmon xöjaligi davlat qömitasida Örmonni qöriqlaş va muhofaza qiliş boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat yuritgan.

Bundan oldin prezidentning “Yaşil makon” umummilliy loyihasini samarali taşkil etiş hamda yaşil hududlarni kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilingandi.

Kökalamzorlaştiriş işlarini taşkil etiş hamda “Yaşil hudud” davlat unitar korxonasi faoliyatini muvofiqlaştiriş maqsadida Örmon xöjaligi davlat qömitasi markaziy apparatida boşqaruv xodimlari umumiy çeklangan soni doirasida kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça rais örinbosari – “Yaşil hudud” davlat unitar korxonasi direktori lavozimi va 5 nafar ştat birligidan iborat Yaşil hududlarni rivojlantiriş boşqarmasi taşkil etilgan.

Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yaşil hudud” davlat unitar korxonasi moddiy texnika ta’minotini şakllantiriş maqsadida davlat budjeti mablağlari hisobidan 5 yilda qaytariş şarti bilan 100 mlrd söm ssuda ajratadi.