Özbek davlatçiligini yuqori bosqiçga kötara olgan, milliy tiklaniş uçun xalqqa tarixiy tayanç bölgan sohibqiron nafaqat öz davrida, balki bugun ham Yangi Özbekiston taraqqiyotida öz örniga ega, deb yozadi Farğona davlat universiteti rektori Bahodirjon Şermuhammedov.

Ma’lumki, Vatanimiz tarixining “ikkinçi Renessans” davri Amir Temur va temuriylar davriga töğri keladi. E’tirof etiş zarurki, buyuk sarkarda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tarixida ham tub burilişlar sodir etgan şaxs sifatida yuksak ahamiyatga ega. Adolat va uluğvorlik timsoli, dunyoni lol etgan buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi bugun yurtimizda keng nişonlanmoqda. Özining yetuk va uluğ siymosi bilan başar eliga tarixiy ibrat bölgan mohir sarkarda hayoti, uning bosib ötgan yölini örganiş bugun har bir öğil-qizlarimiz uçun şarafdir.

Uning davlatçilik faoliyati haqida söz yuritganda, bir qator öziga xos jihatlarni alohida ta’kidlaş zarur. Mamlakatni möğul istibdodidan ozod etib, mustaqil markazlaşgan davlatga asos solganligi, Xitoydan to Örta yer dengizi sohillarigaça bölgan ulkan hududni birlaştirib, özaro uruşlarga çek qöyganligi, Buyuk ipak yöli faoliyatini qayta tiklaganligi, qudratli Oltin Örda davlatining tor-mor etilişi natijasida şarqiy Yevropa xalqlarining, ayniqsa, Rossiyaning möğul zulmidan ozod bölişini tezlaştirganligi, fan va madaniyatning taraqqiy etişiga homiylik qiliş orqali jahon tarixida “Temuriylar davri renessansi”ga asos solganligi  – bularning barçasi – Amir Temur siymosining uluğvor haqiqatlarini körsatib beradi.

Amir Temur birinçi navbatda bunyodkor şaxs va har tomonlama yetuk, bilimli kişilardan edi. Uning faoliyatiga nazar taşlar ekanmiz, har bir odimida yurt farovonligi, obodligi, ta’lim, fan va san’atning rivoji uçun qayğurişini körişimiz mumkin. Ayniqsa, ziyolilarning, ilm ahlining mehnatini qadrlagan, olimlar bilan suhbatlaşar ekan, qaraşlarini örgangan, din, ta’lim va madaniyatga muhabbati bilan Şamsuddin qozi, Jaziriy, Şayx Buxoriy va boşqa köplab maşhur olim va ulamolarni öziga rom qilib olgan. U öz saroyida muşoiralar ötkazib turar va özi ham muşoiralarda ajoyib şe’rlar öqir edi. Hazrat Alişer Navoiy “Majolisun-nafois”da bunday yozadi: – “Temur Köragoniy – … agarçi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqeda öqibdurlarkim, aningdek, bir bayt öqimoq, ming yaxşi bayt aytqonça bor”.

Qolaversa, “Temur tuzuklari”da Amir Temur qalamiga mansub quyidagi bayt ham uning şe’riyatdan yiroq bölmaganligini körsatadi:

“Yorga yetkur ey sabo, Kim makr qilmuşdir manğa,

Qildi ersa kimga makrin, qaytadur bir kun anğa.”