Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 aprel kuni transport va kommunal sohalardagi loyihalar taqdimoti bilan tanişdi.
Rasmiy relizga köra, Özbekistonda aeroportlarni 2035 yilgaça rivojlantiriş strategiyasi işlab çiqilgan. Taqdimotda uşbu strategiyani 2026 yilgaça amalga oşiriş dasturi muhokama qilindi.
Bunda aeroportlarni ixtisoslaştiriş, jumladan, Toşkent aeroportini xalqaro xab, Navoiy aeroportini yuk taşiş xabi, Samarqand va Buxoro aeroportlarini turizm xablariga aylantiriş közda tutilgan.
Toşkent xalqaro aeroportini modernizatsiya qiliş orqali yölovçilarni ötkaziş quvvatini soatiga 2 400 nafarga oşiriş, röyxatdan ötiş, pasport nazorati va samolyotga çiqiş yölaklarini köpaytiriş rejalaştirilgan.
Şavkat Mirziyoyev aeroport xodimlarining dunyoqaraşi va malakasini oşiriş, yölovçilarga xizmat körsatiş vaqtini qisqartiriş zarurligini ta’kidladi.
“Ma’lumki, Farğona vodiysidagi uçta – Andijon, Namangan va Farğona aeroportlari şaharlar içida joylaşgani va atrofi bino-inşootlar bilan ziç öralgani sababli ularni kengaytiriş imkoniyati çeklangan. Şu bois uçta viloyatning örtasida yangi xalqaro aeroport quriş taklif etilmoqda”, deyiladi xabarda.

“Toşkent-Şarqiy” aeroportining boş rejasi ham muhokama qilindi.
Buxoro va Urganç aeroportlarida yangi yölovçi terminallari quriş, şuningdek, hududlararo loukoster aviakompaniyasi faoliyatini yölga qöyiş loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Prezident aeroportlarda xizmatlarni köpaytiriş va sifatini yaxşilaş, narxlarning ommabopligini ta’minlaş böyiça körsatmalar berdi.
Rasmiy xabarda qöşimça qilinişiça:
- Prezidentning 2021 yil 30 apreldagi qaroriga muvofiq, “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatlari transformatsiya qilinmoqda;
- 2021 yil yakunlari böyiça Özbekiston aeroportlari orqali
5 million 400 ming yölovçi va 82 ming tonna yuk taşilgan, xorijiy aviakompaniyalarga xizmat körsatiş hajmi oşgan. Xarajatlarni maqbullaştiriş böyiça körilgan çoralar natijasida barça aeroportlarning moliyaviy körsatkiçlari yaxşilangan;














