O‘zbekiston | 07:47 / 13.04.2022
6408
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Xitoyning tezpishar sholi navlari keng sinovdan o‘tkaziladi

Foto: Getty Images

Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sholi yetishtirishda xorijiy tajribani keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligining Xitoy seleksiyasiga mansub yuqori hosilli, tezpishar sholi navlari urug‘liklarini hududlar tuproq-iqlim sharoitida keng sinovdan o‘tkazish uchun tajriba-sinov tariqasida olib kelish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi Xitoydan asosiy maydonlarga ilmiy va navlarni sinash maqsadida serhosil, tezpishar sholi navlaridan 300 tonna urug‘lik olib kelinishini ta’minlaydi.

Bunda:

  • “O‘zdonmahsulot” AK Xitoydan ilmiy va navlarni sinash maqsadida olib kelinadigan urug‘lik sholi uchun talab etiladigan mablag‘larni qaytarib berish sharti bilan Urug‘chilikni rivojlantirish markazining talabiga asosan Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga to‘lab berilishini ta’minlaydi;
  • ekish mavsumiga qisqa davr qolganini inobatga olib, Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga keng maydonlarda sinash maqsadida olib kelinadigan sholi navlari urug‘larini Xitoy kompaniyalaridan, istisno tariqasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilishga ruxsat beriladi;
  • ilmiy va navlarni sinash maqsadida sholini xarid qilish uchun Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga o‘tkazilgan mablag‘lar sholichilik xo‘jaliklariga tarqatilgan urug‘lik sholi uchun to‘langan mablag‘lar hisobidan 2022 yil yakuniga qadar “O‘zdonmahsulot” AKga qaytarilishi belgilab qo‘yiladi.

Mavzuga oid

E`lonlar