«Inson har qanday ğoyadan ustun» - qanday qilib uruş davrida propaganda ta’siriga tuşib qolmaslik mumkin?
|01:14 / 15.04.202240 73612 min
Rossiya va Ukraina örtasidagi harbiy mojaro boşlanganiga 50 kun bölyapti. Internet propaganda xabarlari va ma’lumotlariga töla. Qanday qilib ularni ajratiş va ta’siriga tuşib qolmaslik mumkin?
Özbekistonda köpçilik bu uruş haqidagi ma’lumotlarni internetdagi ijtimoiy tarmoqlar, Telegram-kanallar, yoşi kattaroqlar esa faqat Rossiya telekanallaridan olişadi (çunki Ukraina TV kanallari bizda körsatmaydi, Özbekiston telekanallari bu uruş haqida oğiz oçişmaydi).
Internetda va rus TV-kanallarda yangrayotgan axborotlarni töğridan töğri hazm qilib, uruşayotgan tomonlardan birining tarafdori bölib olib, ijtimoiy tarmoqlarda, hattoki köça-köyda, oilalarda tortişib qolayotgan hamkasblar, döstlar, qarindoşlar haqida eşityapmiz.
Xöş, mutaxassislar bu borada nima deydi? Guruç kurmakdan qanday ajratiladi? Qanday qilib propagandaning nafrat qözğovçi ta’siri ostiga tuşib qolmaslik mumkin?
«Men Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetida öqiganman. Bizda harbiy kafedra bor edi. Bizga maxfiy şaroitda jangovar maxsus propagandadan dars ötişgan — bunda dezinformatsiya va ong bilan öynaşib, duşman armiyasi safiga nifoq soliş san’ati örgatilgan. Bu juda dahşatli yumuş, behazil», — deydi keksa jurnalist Vladimir Yakovlev. Uning aytişiça, ayni paytda tinç aholi uçun ham jangovar maxsus propaganda elementlaridan keng foydalanilmoqda.
Jurnalist Vladimir Yakovlev propagandaning xillari, uslublari, ular nima maqsadlarda qöllanilişini hikoya qilib berib, undan qutuliş, propaganda keltirib çiqaradigan adovat va nafratga şerik bölib qolmaslik uçun nimalarga amal qiliş kerakligini ham sanab ötgan.
«Sizga har kuni ta’sir qiladigan propagandalarning bor-yöği uç xili bor: oq, kulrang va qora propaganda.
Oq propaganda — siyosiy maqsadlarga yetişiş uçun faktlarni qalbakilaştirişni nazarda tutmaydi.
Kulrang propaganda — bunga ruxsat beradi, lekin sezilar-sezilmas darajada.
Qora propaganda — propagandistik vazifalarni bajariş uçun voqelikni har qanday usulda buzib körsatişga mutlaq izn beradi.
Propaganda qançalik köp yolğon işlatilib, vijdonsizlarça yaratilsa, u auditoriyaga şunçalik kuçli ta’sir qiladi. Öz-özidan, qora propaganda — propagandalarning eng kuçlisi, çunki u faktlarga tayaniş zaruriyatidan töliq xalos qilingan.
Mavzuga oid
Qora propaganda — öta samarali qurol. Undan faqat bir maqsadda foydalaniladi — raqibning miyasini çalğitib, işdan çiqariş. Uni işlatişning «sasigan selyodka», «teskari piramida», «buyuk yolğon» uslublari bor, ikkinçi jahon uruşi vaqtida Gyobbels tomonidan yaratilgan «40 ga 60 prinsipi» — propagandaning bu körinişlari ham ayrimlarga taniş. Lekin buni hamma ham anglay olmaydi.
Bilasizmi, öz vaqtida jurfakning harbiy kafedrasida bizga jangovar maxsus propaganda texnikasini duşman askarlariga qarşi işlatişni örgatişgan edi. Bugunga kelib, bu texnikalar tinç aholiga qarşi ham işlatilmoqda. Ya’ni siz-u bizga qarşi.
Maxsus propagandada ta’sir qilişning önlab samarali uslublari mavjud va siz har kuni ularning ta’siri ostida bölasiz. Lekin ulardan törttasi juda keng tarqalgan. Özingizni nojöya axborotdan himoya qilişingiz uçun ularni yaqindan bilib olişingiz kerak böladi. Bugun ular haqida hikoya qilamiz.
Keling, dastlab «sasigan selyodka» uslubini körib çiqaylik.
1. «Sasigan selyodka» uslubi
U şunday işlaydi: mutlaqo yolğon ayblov tanlanadi. Ayblov imkon qadar jirkanç va mojaroli bölişi kerak. Masalan, kiçik öğirlikda, yoki aytaylik, gödaklarga jinsiy tajovuz qilişda ayblaş yoki bölmasam oçközlikdan birovning qotiliga aylanganlikda ayblaş ham yaxşi samara beradi.
«Sasigan selyodka»ning maqsadi — aslo bu ayblovlarni isbotlab beriş emas. Maqsad — voqea omma örtasida kengroq muhokama bölişiga erişiş.
Inson ruhiyati şunday yaralganki, ayblov omma muhokamasiga aylangaç, öz-özidan uning «tarafdorlari» va «qarşi tomonlar», bu işning «bilimdonlari» va «ekspertlari», şuningdek, «qip-qizil ayblovçilari» va aybdorni jon-jahdi bilan «himoya qiluvçilar» paydo böladi.
Biroq öz nuqtayi nazari qanday ekanligidan qat’i nazar, muhokamaning barça iştirokçilari ayblanuvçining ismini jirkanç va mojaroli ayblovga boğlab qayta-qayta tilga olişadi. Şunday qilib, «sasigan selyodka»ni uning kiyimiga tobora işqalab borişaveradi va bu qölansa hid uning ortidan hamma joyda ergaşa boşlaydi.
«Anavi qotilmi, öğrimi, nomus tajovuzkorimi?» degan boş savol uning ismi esga olinişi hamono takrorlanaveradi.
«Sasigan selyodka» uslubidan foydalanişning klassik usullaridan biri — bu uni faşistik yoki natsistik mafkuraga egalikda ayblaşdir.
«Bu inson natsist emasmikan?» — deya munozara qilinganlik faktining öziyoq ayblanuvçini şu qadar obrösizlantiradiki, «sasigan selyodka» usulidan foydalanib propaganda vazifasi muvaffaqiyatli amalga oşirildi, deb hisoblayveriş mumkin.
2. «Buyuk yolğon» uslubi
«Buyuk yolğon» uslubi «sasigan selyodka» uslubiga biroz öxşab ketsa-da, aslida boşqaça işlaydi. Uning mohiyati şundan iboratki, auditoriyaga kamoli işonç bilan şu qadar global va vijdonsizlarça yolğonni taqdim etiş kerak, toki bunday narsa haqida yolğon sözlaş mumkin emasligiga odamlar işonişi kerak.
Bu yerdagi «tryuk» şundan iboratki, mutlaqo yolğon axborot bilan tomoşabin, öquvçi yoki şinavandada şunday şok effektini qözğab, keyinçalik har qanday isbot, mantiq va idrokka qaramasdan, uzoq vaqt uning nuqtayi nazarini belgilab beruvçi kuçli qörquv hosil bölişiga erişiş lozim.
Bu uslubdan foydalanişning klassik usuli — duşman tarafning turli dahşatli tahdidlari yoki qabihona niyatlarini ta’riflaşdir. Bu uslubdan foydalanişning ajoyib misoli — Iroqning ommaviy qirğin quroli işlab çiqarişda ayblanişidir. Bu AQŞ tomonidan Iroqning okkupatsiya qilinişiga bahona bölgan.
Albatta, duşman tarafni bakteriologik, biologik qurol işlab çiqarayotganlikda ayblaş yoki qarşi kuraşiş imkonsiz bölgan yaşirin va öta qudratli duşmandan kelayotgan global tahdid haqidagi xabar ham juda yaxşi iş beradi.
«Buyuk yolğon» uslubi öta samarali bölişi mumkin. Lekin baribir uzoq muddatli istiqbolda «Mutlaq ayonlik» uslubi yanada işonçli natija taqdim etadi.
3. «Mutlaq ayonlik» uslubi
Uning mohiyati nimada? Nimanidir isbotlaş örniga siz auditoriyani işontirmoqçi bölgan narsa haqida göyoki mutlaq ayon, oçiq-ravşan, öz-özidan tuşunarli narsadek sistematik ma’lumotlar uzatasiz. Şu sababli buni aholining katta qismi şak-şubhasiz qöllab-quvvatlayotgandek taqdim etasiz.
Taşqi körinişi juda oddiy köringani bilan bu uslub nihoyatda samarali. Çunki inson ruhiyati avtomatik tarzda köpçilikning fikriga qiziqadi va unga qöşilişga moyil böladi. Faqat şuni esdan çiqarmaslik kerakki, köpçilik albatta siz tomonda bölmoği, qöllab-quvvatlov mutlaq va şak-şubhasiz bölişi kerak. Aks holda qöşiliş effektiga erişa olmaysiz.
«Mutlaq ayonlik» uslubi klassik va juda keng tarqalgan qöllaş usuli, masalan, u yoki bu masalada jamoatçilikning fikri bir joydan çiqayotganini namoyiş etuvçi turli sotsiologik sörovlar natijasini e’lon qilişdan iborat böladi.
Qora propaganda uslublari, tabiiyki, uning hisobotlari reallikka qandaydir darajada mos kelişini taqozo qilmaydi. Nihoyat,
4. «Noma’lum qahramon» uslubi
Bu uslubdan foydalanişlariga biz şu qadar köp duç kelamizki, ularni payqaşdan ham töxtab qolamiz. Biroq «noma’lum qahramon» uslubi maxsus propagandaning eng qadimiy, şu bilan birga öta samarali uslublaridan biri sanaladi.
Öz nomiga monand tarzda bu uslubning mohiyati — öz qöşinlarini yolğondan qahramonlaştirişdan iborat.
Taşqi körinişi qançalik jön va oddiy körinmasin, bu uslub çuqur psixologik ildizlarga ega. Gap şundaki, har qanday uruş şafqatsiz, dahşatli, insoniylikdan yiroq va bema’nidir. Şu sababli uruş doimo öz-özidan inson ruhiyatining kuçli qarşiligini keltirib çiqaradi. Bu qarşilik insonning özi va yaqinlari hayoti uçun qörquvi bilan yanada kuçayadi.
Inson ruhiyatining faqatgina bitta bölagi borki, uni ana şu kuçli qarşilikka röpara qöyiş mumkin. Bu — emotsional tarkibiy qismdir.
Şu sababli bosqinçilar armiyasi bölmaydi — ozod etuvçilar armiyasi böladi. Okkupantlar armiyasi deyilmaydi — faqat qutqaruvçilar armiyasi deyiladi. Insonning uruş ğoyasiga qarşiligini yengişning yagona usuli — unda oliy ma’naviy qadriyatlar: adolat uçun, musibatga duçor bölgan özinikilar uçun kuraşiş illyuziyasini hosil qilişdir. Bu sodir bölayotgan noinsoniy va şafqatsiz hodisalarni oqlaşga xizmat qiladi.
«Noma’lum qahramon» uslubining hayratlanarli va unikal xossasi bor. Undan turli davlatlar turli uruşlarda va yuz yillar mobaynida qayta va qayta foydalangan. Lekin şunga qaramasdan, uning ta’sir kuçi aslo kamaymagan. Bugunga kelib, bu uslubdan önlab yillar avvalgidek, xuddi öşa samaradorlik bilan foydalanilmoqda.
Yana davom etiş mumkin. Çunki bizni bir yil öqitişgan. Maxsus propaganda usullari röyxati juda katta. Lekin muhimi bu emas.
Anglab turibsizki, jangovar maxsus propagandaning barça uslublari bitta umumiy maqsadni — duşman armiyasi safiga içki nifoq, özaro nafrat va işonçsizlik uruğlarini yoyib, uni kuçsizlantirişni közlaydi.
Ammo bugunga kelib bu uslublardan duşman armiyasiga qarşi emas, özining tinç aholisiga qarşi qöllaş avj oldi. Uslublar keltirib çiqarayotgan natija ularni qöllaşdan közlangan maqsad bilan bir xil.
Faqat özaro nafrat va içki nifoq duşman armiyasida emas, bizning öz uylarimiz va oilalarimizda vujudga keladi.
Duşman askaridan köra, öz tinç aholisiga qarşi işlatilgan jangovar maxsus propaganda hattoki samaraliroq işlaydi. Ehtimol, duşman askaridan farqli ölaroq tinç aholi özini himoya qila olmasligidan bölsa kerak.
Şunçaki muşohada qiling: atrofingizda sönggi vaqtlarda siyosiy sabablar tufayli kelib çiqayotgan mojarolar, bahslar, özaro xafagarçiliklar soni qançalik köpaydi? Şunda men nimani nazarda tutayotganimni anglaysiz.
Qora propagandaga qarşi turişning eng yaxşi yöli — uning muayyan işlaş uslublarini farqlaşni örganib olişda emas. Bunday uslublar juda köp.
Maxsus propaganda ta’siridan mutlaq himoya nafrat va özaro nifoqni keltirib çiqaruvçi har qanday axborotga qarşi turiş bilan şakllantiriladi. Yodda tutiş muhimki, oğir, murakkab, xavfli şaroitlarda döstlaringiz, oila a’zolaringiz, atrofingizdagi odamlar — aynan ular sizga yordam qölini çözişadi va qöllab-quvvatlaşadi, sizni qutqarişadi.
Sizni kulfatdan qutqaruvçi va yordam qölini çözuvçilar — sizning yaqinlaringizdir. Har kuni telefon yoki televizor ekranidan turib oilangizdagi siz uçun sevimli va sizni sevuvçi insonlar bilan janjal yoki bahslar yuzaga kelişi uçun yangi bahonalar ulaşuvçi odamlar emas.
Maxsus propaganda uslublarining har qanday ta’siriga qarşi real va mutlaq ziddizahar böla oluvçi oddiy sözlar bor: INSON HAR QANDAY ĞOYaDAN USTUN.
Uşbu murakkab kunlarda bu sözlarni közingiz tuşadigan joylarga yirik harflarda yozib, ilib qöyganingiz ma’qul. Şunçaki, unutib qöymaslik uçun».
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi