Rossiyaning çegaradagi regionlarida sönggi kunlarda terroristik xavfning «sariq darajasi» e’lon qilingan, hududiy naşrlar bu oblastlarda kamida bir neça jiddiy hodisalar haqida xabar bergan. Bu esa uruş Rossiya hududiga köçişi mumkinligi töğrisidagi gaplarni keltirib çiqarmoqda.

«Qaynoq nuqtada xizmatdaman. Qirq daqiqa davomida tinçimiz bölmadi. Şunday yaşayapmiz. Pavilon buzilgan, tom elak bölib ketgan», deya 14 aprel tongida Bryansk oblastidagi Klimovo posyolkasida yaşovçilar aholi punkti yaqinida röy bergan portlaşlar haqida xabar berişdi, bu vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda osmonga qora tutun örlayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Keyinroq Ukraina bilan çegaradagi «Noviye Yurkoviçi» nazorat-ötkaziş punkti öqqa tutilgani ma’lum böldi, rossiyalik çegaraçilardan biri punktga zarar yetgani aks etgan videoni internetga joylaştirdi. Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz aniqlik kiritişiça, nazorat-ötkaziş punktidan taşqari Klimovo posyolkasiga ham zarba berilgan. Hujum natijasida yetti kişi yaralangani, ularga tibbiy yordam körsatilgani, kamida ikki uy vayron bölgani aytilgan.

Bir neça soat ötib Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov Ukraina hududidan turib Grayvoronovskiy şahar okrugidagi Spodaryuşino posyolkasiga zarba berilgani haqida xabar tarqatdi. Oblast rasmiylari xabarida bu hujum oqibatlari böyiça tafsilotlar keltirilmagan.

Şu kunlarda Rossiya mudofaa vazirligi agar Ukraina Rossiya hududiga diversiya va zarbalar berişni bas qilmasa, Kiyevdagi qaror qabul qiliş markazlariga zarba berilişi bilan tahdid qilgandi.

Ukraina hukumati avvalroq, ularning ma’lumotlariga köra, Rossiyaning çegaradoş hududlarida provokatsiyalar uyuştirilişi, Moskva buni «RF hududida Ukrainaga qarşi jazava uyğotiş» uçun Ukraina yoki ukrainparast «terrorçilar» bilan boğlaşi mumkinligi töğrisida ogohlantirgandi.

Belgorod, Kursk, Kuban, Bryansk

Rossiya hududiga ilk snaryadlar mart oyi oxirlarida, Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan bir oy ötib uçib kela boşlagandi. 23-24 mart kunlari Rossiyaning Ukraina bilan çegaradoş hisoblangan Belgorod oblastining janubida joylaşgan Juravlyovka qişloğida portlaşlar röy berdi. Mahalliy rasmiylar favqulodda holat e’lon qilişgan va Belgoroddagi ikki qişloq - Juravlyovka va Nexoteyevkadan 178 kişini evakuatsiya qilgan.