Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 30 sotix yerni 6 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida qo‘lga olindi.
O‘tkazilgan tadbir davomida X.U. (1978 yilda tug‘ilgan) mahalliy fuqaroga Kattaqo‘rg‘on tumani Qoradaryo atrofidagi 30 sotix yer maydonini 6 000 dollarga sotishga kelishib, so‘ralgan puldan 3000 dollarni olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida maktabgacha ta’lim muassasasi va savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari qurilishi uchun ajratilgan 40 gektar yerni 3 million dollarga sotishga uringan shaxslar ushlangandi.
Mavzuga oid
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
12:57 / 04.04.2026
Toshkentda yer sotuvi ortidagi firibgarlik sxemasi ochildi
21:17 / 18.09.2025
Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida yer maydonini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi
11:43 / 27.06.2025