56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida 20ga yaqin davlat o‘quvchilari ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Prezident ta’lim muassasalari agentligi. Ishtirokchilar Avstriya, BAA, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Xorvatiya, Vengriya, Isroil, Latviya, Makedoniya, Ozarboyjon, Armaniston davlatlaridan kelishadi.
Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 1948 yilda tashkil etilgan va dunyodagi nufuzli olimpiadalardan biri hisoblanadi. Har yili 30ga yaqin davlat ishtirokida dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, 55-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi pandemiya sabab onlayn shaklda o‘tkazilgandi va unda o‘zbekistonlik o‘quvchilar 1ta oltin, 4ta kumush va 2ta bronza medalni qo‘lga kiritishgandi.










