1-6 may kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida kimyo bo‘yicha 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi olimpiadada dunyoning 21 davlatidan 113 nafar ishtirokchi qatnashgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 7 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchilar g‘olib va sovrindor bo‘lishgan. Ular 2ta oltin, 3ta kumush va 2ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.

1. Nazarov Azizbek – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi – oltin medal.

2. Mahmudov Abdulloh – Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi – oltin medal.

3. Dilmurodov Sohibjon – Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi – kumush medal.

4. Rahimov Daler – Buxoro shahridagi 35-maktabning 9-sinf o‘quvchisi – kumush medal.

5. Karimov Azizbek – Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 11-sinf o‘quvchisi – kumush medal.

6. Hafizov Azizbek – Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi – bronza medal.

7. Hakimova Shahzoda – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi – bronza medal.

Ma’lumot uchun, Mendeleyev olimpiadasida o‘zbekistonliklar hozirgacha jami 85 ta medal qo‘lga kiritgan. Ularning 8tasi oltin, 24tasi kumush va 53tasi bronza medal bo‘lgandi. Endi jami medallar 92taga yetdi.