Mahkumlarning koloniyadagi ish stajini umumiy stajga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etilmoqda
“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan “Fuqarolar davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi va “Keksalar, nogironlar va aholi boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonunlar, Soliq kodeksi hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.
Jumladan:
“Fuqarolar davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunda “ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tomonidan jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tash davrida bajarilgan har qanday ish, agar ushbu ish uchun ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa,” jumlasi bilan to‘ldirilmoqda;
“Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonunda:
- ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari qatoriga kiritilmoqda;
- ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish shakllariga ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarga “Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish bilan bog‘liq xizmatlar toifasi qo‘shilib, alohida modda sifatida yoritib berilmoqda;
- Soliq kodeksida muassasa ma’muriyati mahkum jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinayotganda unga jazoni o‘tash davrida soliq to‘lagani haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishi shartligi belgilanmoqda.
Jinoyat-ijroiya kodeksida:
jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning, shu jumladan nogironligi bo‘lgan mahkumlarning huquq doirasi kengaytirilib, xalqaro huquq normalari bilan muvofiqlashtirilmoqda;
mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi ish stajini umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etilmoqda;
mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganini belgilovchi qat’iy mezonlar joriy etilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi
Jahon | 14:13
-
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi
Jahon | 13:22
-
Transport vaziri gapi hukumat qarorini to‘xtatib qo‘ya oladimi? -taksichilar istalgan hududda ishlash erkinligi cheklanganicha qolmoqda
O‘zbekiston | 12:48
-
Tramp tug‘ilgan kunida Vashingtonda harbiy parad o‘tkazdi. Mamlakat bo‘ylab ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
Jahon | 12:36
Mavzuga oid

17:38 / 05.06.2025
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi

20:57 / 26.03.2025
Bosh prokuratura Piskendagi koloniyada asossiz intizomiy jazoga tortilgan mahkum ishi bo‘yicha ma’lumot berdi

19:33 / 04.03.2025
Ohangaron shahar hokimi o‘rinbosari ishdan olindi. U qamoqdagi mahkumning uyini o‘zlashtirib olgani ma’lum bo‘lgandi

15:22 / 18.02.2025