Rossiya Şvetsiya va Finlandiyaga NATOga a’zo bölişning oqibatlari böyiça ogohlantiriş berdi. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

"Bryussel AQŞ şafeligi ostida Şvetsiya va Finlandiyani öz tuzilmalariga allaqaçon olib kirdi, maşğulot yoki treninglar körinişida turli gibrid çoralar amalga oşirildi. Biz ham ommaviy tarzda, ham ikki tomonlama kanallar orqali öz ogohlantirişlarimizni berdik. Ular bu haqda bilişadi, şuning uçun hayron bölişning keragi yöq. Bu nimalarga olib kelişi borasida barçasidan xabardor qilganmiz", dedi u.

Avvalroq The Times gazetasi Helsinki va Stokholm şu yilning yozida NATOga a’zo böliş uçun ariza berişi mumkinligini yozgandi.

Agar Finlandiya NATOga kiradigan bölsa, u alyansning barça a’zolari içida Rossiya bilan eng uzun çegaraga ega mamlakatga aylanadi. Ikki davlat çegarasining uzunligi 1340 kilometr bölib, çegara çiziği Sankt-Peterburgdan atigi 200 kilometr masofadan ötgan.