Jahon | 18:52 / 20.04.2022
15031
1 daqiqa o‘qiladi

XXR mudofaa vaziri Tayvan Xitoyning ajralmas qismi ekanligini ta’kidladi 

Vey Fenxe AQShni dengizda harbiy provokatsiyalar uyushtirishni to‘xtatishga chaqirdi. 

Foto: AP

Tayvan masalasiga noto‘g‘ri yondashish Xitoy va AQSh munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Xitoy mudofaa vaziri Vey Fenxe amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan telefon orqali muloqotida ma’lum qildi.

"Tayvan Xitoyning ajralmas qismi hisoblanadi va bu status-kvoni hech kim o‘zgartira olmaydi", - dedi u.

Vey Fenxening so‘zlariga ko‘ra, Tayvan masalasiga noto‘g‘ri yondashish Xitoy va AQSh munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

U AQShni dengizda harbiy provokatsiyalar uyushtirishni to‘xtatishga chaqirdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid