Yoz yana ham isimasligiga hali umid bor. Saralanmagan çiqindining iqlimga ta’siri
|18:53 / 20.04.202270 2437 min
Dunyo böyiça 2021 yil iyulidagi harorat 150 yillik issiq rekordini yangiladi. 2022 yil ham rekord yana yangilanadimi yoki yöq, bu söroq ostida. Xöş, bunga qarşi oddiy odamlarning (siyosatçilar öz yöliga) qölidan nima keladi? Javob oddiy: organik çiqindilarni boşqalari bilan aralaştirib yubormaslik.
Metan – karbonat angidriddan ham kuçliroq is gazi
Har kuni dunyo böylab 15 milliondan ortiq restoran va kafe, yuz millionlab xonadonlarda ovqat tayyorlanadi. Meva-sabzavotlardan çiqadigan pöçoqlar, likopçada qoldirilgan ovqatning yarmi, oxirigaça yeyilmagan non organik çiqindilar deyiladi va ularning köpi boşqa çiqindilar bilan qöşilib, poligonlarga yöl oladi.
Turli çiqindilar bilan aralaşib ketgan organik çiqindilar sekin çiriydi va özidan metan gazi ajrata boşlaydi. Metan – karbonat angidriddan ham kuçliroq issiqxona gazidir. Qolaversa, organik çiqindilar kalamuş, paşşa, çivinlarning köpayişi va ular orqali kasalliklar tarqalişiga sabab böladi.
Bir odamga yiliga 100 kilo organik çiqindi
Umuman, insoniyat bir kunda meva-sabzavotlarning 1,3 milliard tonnasini çiqitga çiqarib yuboradi. Bu – yerdan dasturxonga kelgunça meva-sabzavotning 1/3 qismi nobud böladi degani. Agar inson buning oldini ololsa, issiqxona gazining iqlimga ta’sirini 6-8 foizga kamaytira oladi.
Har bir odamga yiliga örtaça 100 kilogrammga yaqin organik çiqindi töğri keladi. Rivojlangan davlatlarda organik çiqindilar ma’lum miqdorda qayta işlanadi, ammo köp emas. Masalan, AQŞda ham ularning atigi 30 foizi, Buyuk Britaniya esa 14 foizi qayta işlanadi.
Organik çiqindilarni saralaş amaliyoti Özbekistonda endi yölga qöyilyapti.
Toşkent misolida çiqindilarni saralaş könikmasini körib çiqadigan bölsak, poytaxtdagi 71 foiz çiqindilarni taşiş “Maxsustrans” korxonasi zimmasida. Korxona 2021 yil iyunida çiqindilarni saralaş böyiça 3 bosqiçli loyiha taqdim qilgandi. Unga köra, birinçi bosqiç 2021 yildan boşlanib, Toşkent şahridagi ayrim mahallalar hududida çiqindilarni qayta işlanadigan va qayta işlanmaydigan toifalarga ajratgan holda yiğiş yölga qöyilgani
. Bu amaliyotning 2-bosqiçida korxona xizmat körsatadigan barça hududlarda taşkil qilinişi rejalangan.
2023 yilga möljallangan 3-bosqiçda esa barça tumanlarda çiqindilarni törtta turga – qayta işlanadigan, qayta işlanmaydigan, organik, xavfli maişiy çiqindilar kabi toifalarga ajratgan holda yiğiş boşlanişi aytilgandi. Xöş, korxona buni uddalay olyaptimi?
Korxona boşqarma boşliği örinbosari Ismoil Sa’dullayevning aytişiça, hozirça çiqindilarni toifalarga ajratib yiğiladigan çiqindi maydonlaridan Olmazor tumanida 10ta qurilgan. Ularda qayta işlanadigan, işlanmaydigan, xavfli va organik çiqindilar ajratiladi. Bu yerda işlaydigan xodimlarning özi çiqindilarni ajratadi. Odamlar ham sekin-asta çiqindini ajratib olib kelişni boşlagan. 2023-2024 yilgaça poytaxt böylab “Maxsustrans”ning barça çiqindixonalari saralanadigan çiqindixonalarga aylantiriladi.
Korxona vakili çiqindi saralaşni yaxşiroq yölga qöyiş uçun 12ta tumanda 24ta mahalla tanlab olinib, qayta işlanadigan va qayta işlanmaydigan çiqindilar uçun 120 kiloli konteynerlar tarqatib çiqilgani haqida gapirdi. Bu konteynerlardan xaftaning bir kunida qayta işlanadigan, boşqa kunida qayta işlanmaydigan çiqindilar olib ketiladi.
“Lekin aholining hammasi ham demayman, ayrimlari konteynerlarni uyiga olib kirib qöygan. Bu köçada turişi kerak. Biz hammasini tekinga berganmiz. Içiga quriliş çiqindilarini ham töldirib qöyişadi. Lekin biz mahallalarga borib, konteynerlarning maişiy çiqindilar uçunligini tuşuntirganmiz. Hammasi ham töğri munosabatda bölmayapti”, – deydi u.
Organik çiqindilar bilan çuvalçanglar boqiladi
Mutasaddining aytişiça, korxonaga 30 gektarli yangi çiqindi poligoni berilib, 17 million dollar ajratilgan. U yerda çiqindi saralaş va qayta işlaş zavodi ham quriladi va bunga hammasi bölib 55 million dollar ajratilgan.
“Organik çiqindilar yerga tuşsa, özidan gaz çiqaradi. Şuning uçun poligonda 2 gektar yerda çuvalçang köpaytirilib, ularni organik çiqindilar bilan boqib, mahalliy öğit köpaytiriladi”, – deydi u.
Toşkentda 1000dan ortiq çiqindixonalar bölib, uning 650tasi “Maxsustarans”ga qaraydi. Mutasaddining aytişiça, ulardan har kuni 2-3 kilo non mahsuloti çiqadi. Va bu bir kunda poytaxtdan 2 tonna non isrof qilinadi, degan gap.
“Albatta, – deydi Sa’dullayev, – iste’molga yaroqsiz nonlar parrandalarga, çorvaga beriş uçun aholi tomonidan olib ketiladi”.
Ismoil Sa’dullayev aholining çiqindini saralab olib kelişini rağbatlantiriş yöllari ham rejada borligi haqida gapirdi. Unga köra, çiqindini saralab olib kelgan fuqarolarga çiqindi tölovidan çegirmalar berilişi mumkin.
Odamlar çiqindini saralaşga hafsala qiladimi?
Özbekistonda odamlar organik çiqindini saralaşga qanday e’tibor körsatişini biliş maqsadida Toşkent şahri aholisi örtasida sörovnoma ötkazdik. Unga köra, aholining asosan katta yoşli qismi meva-sabzavot çiqindilarini boşqa çiqindilardan ajratadi. Yoşlar esa köpinça çiqindilardan faqat nonni ajratib, qolganini aralaş holda çiqindixonaga olib boradi.
“Pöçoq, nonlarni alohida qilamiz, ularni çorvaga berişsa yaxşi böladi. Aralaştirib taşlansa, isrofgarçilikka boradi, agar ularni kimdir yiğib olib ketsa, nur ustiga a’lo nur bölardi”, – deydi Yangihayot tumanida yaşovçi Farida Abdurahmonova.
Organik çiqindilarni uyma-uy yiğiş amaliyoti
Mutasaddilar javobidan körinib turibdiki, organik çiqindilar masalasi poytaxtda yaqin yillarda qisman hal qilinişiga umid bor. Buni vaqt körsatadi. Şuningdek, organik çiqindilarni uyma-uy yiğiş, rağbatlantiriş maqsadida aholidan organik çiqindilarni sotib oliş yoki boşqaçaroq rağbat yöllarini yölga qöyiş ham foyda berişi mumkin.
Deylik, 20ta köp qavatli uyda, taxminan 1000ga yaqin xonadon bor. Ularning har biri kuniga örtaça 100-200 gramm organik çiqindi çiqaradi. Bu degani har 20ta köp qavatli uydan 100 kilogramm pöçoq çiqadi degani. Bu ma’lum miqdordagi çorvani boqişga yetişi mumkin.
Çorvador Saidazim Ostonovning aytişiça, organik çiqindilarning kaloriyasi yemnikidek bölmasa ham, ularni çorvaga beriş mumkin.
“Bir boş qoramol bir kunda beda, arpa, makka, omuxta yem – hammasi bölib 60-70 kilogaça ozuqa yeydi. Qöy-eçki 12-16 kilogaça ozuqa yeydi. Pöçoq, yeyişga yaroqsiz sabzavotlarning kaloriyasi yemnikiçalik bölmaydi. Lekin ularni ham çorvaga bersa böladi. Aholi pöçoqlarini bizga çiqarib turadi. Lekin juda kam, 10 kiloga ham bormaydi. Balki köp çiqarib turilsa, çorva ozuqasining ma’lum qismini qoplaşi mumkin”, – deydi çorvador.
Sizda tabiatga mehr bölsa, buni isbotlaşning yöli bor. Hozirgaça çiqindilarni saralaşga e’tibor bermagan bölsangiz, bugundan pöçoqlarni alohida idişga yiğişni boşlang. Ularni çiqindixonaga olib borganda ham ajratib qöying.
Bir söz bilan aytganda, yoz yana ham isib ketmasligiga hali umid bor. Tabiat bizniki, demak uning muhofazasiga ham özimiz javobgarmiz.