Jizzax viloyati prokuraturasi axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 13 aprel kuni Foriş tumanidagi “Egizbuloq” MFYga qaraşli Köktepa hududidagi fermer xöjaliklarining biriga qaraşli çöpon uyida uç nafar çöpon örtasida boşlangan janjal qotillik bilan tugagan.

Çöponning uyida vaqtinça yaşab, çöponlik qilib kelayotgan, 1977 yilda tuğilgan fuqaro M.Ğ. uşbu hududda çöponlik qilib kelayotgan tanişi, 1977 yilda Paxtakor tumanida tuğilgan J.X. va 1973 yilda şu tumanda tuğilgan X.X. bilan spirtli içimlik iste’mol qilib ötirganda örtalarida janjal kelib çiqqan.

Oqibatda, M.Ğ. mast holatda yonida bölgan oşxona piçoği bilan J.X. va X.X.larning kökrak qafasiga bir neça marta tan jarohati yetkazib, ularni qasddan öldirib, voqea joyidan yaşiringan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.