«Bugun tongda FSB tomonidan rossiyalik maşhur jurnalistlardan biriga qarşi suiqasd uyuştirişga uringan terrorçilar guruhi qölga olindi», dedi Putin Rossiya boş prokuraturasida çiqiş qilar ekan.

Keyinçalik Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) gap Vladimir Solovyov haqida ketayotganini ma’lum qildi.

«Rossiya tergov qömitasi tomonidan mamlakat hududida faoliyati çeklangan «National Socialism/White Power» guruhi a’zosi bölmiş Rossiya fuqarolari qölga olingan. Ular Ukraina Xavfsizlik xizmati topşiriği bilan maşhur jurnalist Vladimir Solovyovni öldirişni maqsad qilgan», deya FSB vakilining sözlarini keltirgan «Interfaks».

Uning sözlariga köra, guruh Solovyovni öldirgaç, çet elga qoçişni maqsad qilgan. Xabarda yozilişiça, qölga olinganlarning uyidan 8 ta «Molotov kokteyli», qölbola  portlovçi qurilmalar, 6 ta Makarov töpponçasi, qirqma miltiqlar, 5 ta granata va mingdan oşiq patronlar topilgan.

58 yoşli Solovyov Rossiya hukumati pozitsiyasini tarğib qiluvçi asosiy propagandaçi jurnalist hisoblanadi. U Rossiya federal kanallarida körsatuvlar tayyorlaydi, Vladimir Putin bilan bir neça marta intervyu uyuştirgan. Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, köplab siyosatçilar qatorida Solovyov Ğarbning personal sanksiyalariga uçrab, uning YouTube'dagi kanali yopilgandi.