Prezidentning “Spinal muşak atrofiyasi taşxisi qöyilgan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam körsatiş va dori vositalarini bepul yetkazib beriş tizimini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida” qarori qabul qilindi.

Spinal muşak atrofiyasi taşxisi qöyilgan bemor bolalar davlat tomonidan tibbiy-ijtimoiy yordam doirasida patogenetik dorilar, tibbiy va ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiya texnik vositalari bilan kafolatli ta’minlanadi.

Spinal muşak atrofiyasi kasalligi böyiça xavf guruhidagi homilador ayollar Respublika “Ona va bola skrining” markazi hamda uning hududiy markazlarida, şuningdek, zamonaviy molekulyar-genetik Milliy referens laboratoriyasi va uning hududiy filiallarida bepul diagnostikadan ötkaziladi.

1 iyuldan boşlab spinal muşak atrofiyasi klinik diagnoziga ega bölgan oilalarning Yagona milliy registri yuritiladi va oilalarning klinik va molekulyar-genetik diagnostikasidan kelib çiqib şakllantirib boriladi.

1 iyuldan boşlab nikohlanuvçi şaxslar öz hisobidan Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi hamda uning hududiy markazlariga taşrif buyuriş orqali Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining laboratoriyasida molekulyar-genetik testdan ötkaziladi.

Spinal muşak atrofiyasi taşxisi qöyilgan bemor bolalarni davolaş uçun mablağlarni jamlaş, şu jumladan xayriya va homiylik mablağlarini jalb qiliş maqsadida SSV huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Spinal muşak atrofiyasi taşxisi qöyilgan bemor bolalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etiladi.

1 maydan boşlab spinal muşak atrofiyasi kasalligi taşxisi tasdiqlangan bemor bolalar uçun hududlar bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazlarida multidissiplinar (nevrolog, pediatr, reanimatolog, pulmonolog, ortoped, xirurg) tekşiruv va davolaş (operativ kontrakturalar va suyak deformatsiyalarini töğrilaş) jarayoni taşkil etiladi.