Fransiyadagi sud Kattenom kommunasi hududida joylaşgan atom elektrstansiyasidan muşak otgan Greenpeace’ning ikki faoliga ikki oyga ozodlikni çeklaş haqida qaror çiqardi. Bu haqda Greenpeace France’ning tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.
Ikki faol hibsga olinganidan taşqari, sud tomonidan taşkilotning yana 6 iştirokçisiga şartli muddat berildi. Bundan taşqari, sud Greenpeace France 20 ming yevro miqdorida jarima tölaşi lozimligini belgilab qöydi.
Taşkilotdagilar esa hukmni «juda qattiq» deb baholaşdi va hukmga qarşi şikoyat arizasi bilan çiqiş niyatidalar.
Muşakbozlik 2018 yilning 12 oktabr kuni Fransiyaning Kattenom atom elektrstansiyasi hududidan otilgan. Faollar qayta işlangan yoqilğini saqlaş uçun basseyndan unça uzoq bölmagan yerdan muşakni otişdi.

















