“Spinal muşak atrofiyasi taşxisi qöyilgan bolalarni uy şaroitida davolanişi uçun zarur bölgan tibbiy buyum va tibbiy texnikalar bilan ta’minlaş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
2025 yil 1 martdan spinal muşak atrofiyasi taşxisi qöyilgan bemor bolalar uy şaroitida davolanişi uçun zarur bölgan tibbiy-ijtimoiy yordam doirasida tibbiy buyum va tibbiy texnikalar davlat tomonidan kafolatli ta’minlanadi va ular bepul ijara asosida berilişi yölga qöyiladi.
Soğliqni saqlaş vazirligi 2025 yil 1 yanvardan spinal muşak atrofiyasi taşxisi qöyilgan bolalarni uy şaroitida davolaniş uçun zarur bölgan patogenetik dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnikalar bilan ta’minlaş böyiça respublika va hududiy işçi guruhlari taşkil etadi.
Işçi guruh asosiy vazifalari etib:
- spinal muşak atrofiyasi taşxisi qöyilgan bemor bolalar röyxatini tuziş, bemorlardagi özgarişlarni tahlil qilib boriş hamda ular soğliği uçun zarur bölgan patogenetik dori vositalari va uy şaroitida davolanişi uçun zarur bölgan tibbiy buyum va texnik vositalar ehtiyojini şakllantiriş;
- mavjud bölgan tibbiy buyum va tibbiy texnika vositalari inventarizatsiyasini taşkil etiş va ötkaziş (mavjud röyxat asosda);
- xarid qilingan patogenetik dori vositalari va uy şaroitida davolanişi uçun zarur bölgan tibbiy buyum va texnik vositalar taqsimotini işlab çiqiş va tasdiqlaş;
- xarid qilingan patogenetik dori vositalari va uy şaroitida davolanişi uçun zarur bölgan tibbiy buyum va texnik vositalarini tibbiyot muassasalariga öz vaqtida yetkazilişi va maqsadli işlatilişini doimiy nazorat qiliş belgilanadi.
















