Xitoyning Tszyansi viloyatida muşak işlab çiqariş böyiça zavoddagi portlaş oqibatida yetti kişi halok böldi. Bu haqda «Sinxua» xabar bergan.
Favqulodda hodisa Pinsyan şahri yaqinidagi Şanli uyezdida sodir bölgan.
Xabar qilinişiça, 22 sentabr kuni ertalab mahalliy hukumat korxona işini töxtatiş haqida topşiriq bergan. Bu tekşiruvlar paytida xavfsizlik tizimida muammolar aniqlangani bilan boğliq bölgan.
Biroq, keçqurun zavod xodimlari işni baribir tiklaşgan. Öşa paytda portlaş yuz berdi.
Voqea joyida tezkor xizmatlar işlamoqda. Hodisa sabablari aniqlaştirilmoqda.

















