Yangi taşkil etilgan Turizm va madaniy meros vazirligi rahbari Aziz Abduhakimovga uç nafar örinbosar tayinlandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Baxtiyor Ibragimov turizm va madaniy meros vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar, u Taşqi işlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori bölgan.
Nusratilla Zikrillayev turizm va madaniy meros vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungaça u Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi bölgan.
Botirjon Şahriyorov 2021 yil mayidan buyon turizm va madaniy meros vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungaça u Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib ötamiz, 2022 yil fevralida Turizm va sport vazirligi ikkiga ajratilgan, Sportni rivojlantiriş vazirligiga Adham Ikromov, Özbekiston boş vaziri örinbosari, 2021 yil aprelidan buyon turizm va sport vaziri bölgan (undan avval Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi rahbari) Aziz Abduhakimov esa Turizm va madaniy meros vazirligi rahbari etib tayinlangandi.
















