2022 yilning yanvar-mart oylarida Özbekistondagi örtaça oylik nominal iş haqi 3 mln 426,8 ming sömni taşkil etib, (ötgan yilning yanvar-mart oylarida 2 mln 876,4 ming söm bölgan) 2021 yil mos davriga nisbatan ösiş sur’ati 19,1 foizni taşkil qilgan. Bu haqda Statistika qömitasi ma’lum qilmoqda.


Joriy yilning birinçi çoragida eng yuqori örtaça oylik iş haqi bank, suğurta, lizing va kredit vositaçilik faoliyatida qayd etilgan – 8,4 million söm. Axborot va aloqa sohasida örtaça oylik iş haqi 6,5 million sömga teng bölgan bölsa, taşiş va saqlaş sohasida – 4,5 million söm, sanoat sohasida – 4,4 mln söm, quriliş sohasida – 4,1 mln söm, savdo sohasida – 3,5 mln söm ta’lim sohasida – 2,5 million söm. Eng past örtaça iş haqi soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasida qayd etilgan – 2,3 million söm.
Bank, suğurta, lizing va kredit vositaçilik faoliyatida eng yuqori örtaça iş haqi – Toşkent şahrida (10,7 million söm), eng pasti Samarqand viloyatida (5,5 million söm) kuzatilgan.
Ta’lim sohasida eng yuqori örtaça oylik iş haqi Toşkent şahrida (3,7 million söm), eng pasti Qaşqadaryo viloyatida (2,2 million söm) qayd etilgan. Statistik ma’lumotlar şuni körsatmoqdaki, faqatgina Toşkent şahrida ta’lim sohasida mehnat qiladigan xodimlarning örtaça oylik iş haqi respublika böyiça sohalar kesimida şakllangan örtaça körsatkiçdan yuqori bölgan. Boşqa hududlarda bu körsatkiç ançayin past darajada.
Soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasida ham eng yuqori örtaça oylik iş haqi Toşkent şahrida (2,6 million söm), eng pasti – Qaşqadaryo viloyatida (1,9 million söm). Respublika böyiça barça hududlarda örtaça körsatkiçdan past holat kuzatilgan.
“Tibbiyot xodimlari hamda ta’lim sohasi vakillari nisbiy kambağallaşişda davom etmoqda”
Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevning yozişiça, joriy yilning birinçi çoragida ta’lim sohasida band bölgan xodimlarning örtaça maoşi respublikadagi örtaça maoşning 73,5 foizini taşkil etgan, ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç 78,1 foiz bölgan. Tibbiyot xodimlarining örtaça maoşi esa respublikadagi örtaça maoşning 67,6 foizini taşkil etgan. Ötgan yilning mos davrida esa bu körsatkiç 71,2 foizni taşkil qilgan.

















