Kun.uz bilan boğlangan fuqaro taqdim etgan videoda, Ekoqöm e’lon qilgan rasmlardagiga öxşaş ayiq bolasining öligini köriş mumkin. Videoda özbek tilida gapirayotgan erkak ayiq jasadini qölida kötaradi, boşqa bir erkak holatni tasvirga tuşirgan.
Murojaatçining sözlariga köra, ayiq bolasi bir hafta oldin qişloq odamlari tomonidan öldirilgan. Hozirça uning ma’lumotlari asosliligini tasdiqlangan emas, holat böyiça Ekologiya qömitasining izohi kutilmoqda.
Qönğir ayiq Yevropa, Osiyo, Şimoliy Afrika va Amerikaning örmonli ölkalarida tarqalgan. Tanasining uzunligi 2,5 metr, oğirligi ba’zan 750 kilogrammga yetadi.
Özbekistonning toğ örmonlarida oq tirnoqli qönğir ayiq uçraydi. Qönğir ayiq oktyabr — noyabrdan mart — aprelgaça daraxtlar kovagi, toşlarning ostidagi kovaklarda, tabiiy çuqur joylar yoki özi qazigan iniga tuşib qişki uyquga ketadi. Urğoçilari uyada 2—3 ta, ba’zan 1 yoki 4 ta nimjon bola tuğadi.
















