Ijtimoiy tarmoqlarda Qarşi tumanining sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva budjet mablağlarini özlaştirişda ayblanib, qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi mazkur xabarlar yuzasidan raddiya berdi.
Raddiyada yozilişiça, Qarşi tumani prokuraturasi tomonidan 4 milliard 198 million söm miqdoridagi subsidiya mablağlari talon-toroj qilingani holati böyiça Qarşi tuman hokimi sobiq örinbosari, qişloq xöjaligi va irrigatsiya bölimlari boşliqlari jami 3 nafar şaxs Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan ayblanib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Qayd etilişiça, mazkur jinoyat işi böyiça Qarşi tumanining sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva ayblanuvçi sifatida jalb qilinmagan.
«Ayrim şaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda sobiq hokim «jinoiy iş doirasida aybdor deb topilib, qamoqqa olinganligi» haqida yolğon ma’lumotlar tarqatilmoqda. Şunga köra, aholi orasida yolğon va haqiqatga töğri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatiş tegişli javobgarlikni keltirib çiqarişi haqida ogohlantiramiz», deyiladi raddiyada.
Ma’lumot uçun, Maqsuda Mustafoyeva 2020 yil mart oyida Qarşi tumani hokimi etib tayinlanib, 2022 yil 6 fevral kuni işdan böşatilgandi.
Maqsuda Mustafoyeva Qarşi tumani hokimi sifatida işlagan davrida köplab şov-şuvli işlar bilan omma e’tiboriga tuşgandi. Jumladan, Qarşi tumanida faoliyat yurituvçi «Sulton teks» MÇJ klasterining tugatilişida ham uning iştiroki bölgan.
2021 yil yozida ijtimoiy tarmoqlarda Qarşi tumanida 100 million söm pul hokimlik tomonidan özlaştirib yuborilgani haqida xabarlar tarqalişi ortidan 2021 yil 23 iyul kuni viloyat hokimligida yiğiliş ötkazilgan, unda prezident sayloviga tayyorgarlik köriş işlari böyiça yöl qöyilgan xato va kamçiliklar ham muhokama qilingan, muhokama jarayonida Qarşi tumanida işlar qoniqarsiz olib borilgani aytilgan.
2021 yil 12 avgust kuni yiğiliş yakunlari böyiça qator kamçiliklarga yöl qöygani uçun Maqsuda Mustafoyevaga hayfsan intizomiy jazosi qöllangan.
Sentabr oyida OAV vakillari bilan suhbat vaqtida Qaşqadaryo viloyati sobiq hokimi Zoir Mirzayev uni hokimlikka tavsiya etganidan afsusdaligini bildirgandi. «Barçada xato va kamçiliklar böladi, albatta. Rahbar sifatida buni tanqid qilaman. Yaqinda Qarşi tumani hokimi bilan suhbatlaşib, kamçiliklarini körsatdim. Men boşida uning işini körmasdan, hokimlikka tavsiya berganimni xatoyim deb bilaman»,












