Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyeva işdan ketgan. Viloyat hokimligi axborot xizmati Kun.uz’ga viloyatdagi yagona ayol hokim işdan böşatilganini tasdiqladi.
Maqsuda Mustafoyeva 2020 yil mart oyidan buyon Qarşi tumanini boşqarib kelayotgandi. Öşanda respublika böylab qator viloyatlarda bittadan tumanga ayollar rahbar etib tayinlangandi.
Maqsuda Mustafoyeva Qarşi tumani hokimi sifatida işlagan davrida köplab şov-şuvli işlar bilan omma e’tiboriga tuşgandi. Jumladan, Qarşi tumanida faoliyat yurituvçi «Sulton teks» MÇJ klasterining tugatilişida ham uning iştiroki bölgan.
2021 yil yozida ijtimoiy tarmoqlarda Qarşi tumanida 100 million söm pul hokimlik tomonidan özlaştirib yuborilgani haqida xabarlar tarqalişi ortidan 2021 yil 23 iyul kuni viloyat hokimligida yiğiliş ötkazilgan, unda prezident sayloviga tayyorgarlik köriş işlari böyiça yöl qöyilgan xato va kamçiliklar ham muhokama qilingan, muhokama jarayonida Qarşi tumanida işlar qoniqarsiz olib borilgani aytilgan.
2021 yil 12 avgust kuni yiğiliş yakunlari böyiça qator kamçiliklarga yöl qöygani uçun Maqsuda Mustafoyevaga hayfsan intizomiy jazosi qöllangan.
Sentabr oyida OAV vakillari bilan suhbat vaqtida Qaşqadaryo viloyati sobiq hokimi Zoir Mirzayev uni hokimlikka tavsiya etganidan afsusdaligini bildirgandi. «Barçada xato va kamçiliklar böladi, albatta. Rahbar sifatida buni tanqid qilaman. Yaqinda Qarşi tumani hokimi bilan suhbatlaşib, kamçiliklarini körsatdim. Men boşida uning işini körmasdan, hokimlikka tavsiya berganimni xatoyim deb bilaman», degandi u.












