Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, bugun, 2022 yil 4 may kuni Jizzax viloyatining toğ va toğoldi hududlarida kuçli yoğingarçilik oqibatida sel oqimlari kuzatilgan. Hodisa joylarida FVV qutqaruvçilari hodisa joyida iş olib bormoqda

Jumladan, Zomin tumanining toğli hududlarida kuzatilgan kuçli yoğingarçilik natijasida tumanning “Pişoğar”, “Aççi” va “Şörça” qişloqlaridan ötgan soylardan sel suvlarining oqişi kuzatilmoqda.
Hodisa natijasida sel suvlari “Jizzax - Zomin” avtomobil yöli ostida örnatilgan quvurlarga siğmasdan, uşbu yölning 25, 26, 27-kilometrlari ustidan toşib ötgan.

Xabarda ma’lum qilinişiça, “Pişoğar” QFY Qonğli qişloğida yaşovçi, 20 yoşli E.N. suvda oqib ketayotganda FVV xodimlari qutqarib qolgan. Hozirda uşbu fuqaroning ahvoli yaxşi, tan jarohati olmagan.
Şuningdek, sel oqimi natijasida aholi tomorqalari, hovlilari va içki köçalarda suv toşişi holatlari kuzatilgan.
Qayd etilişiça, sel toşgan joylarda viloyat FVB rahbariyati boşçiligida qutqaruvçilar iş olib bormoqda. Yöllarda xavfsizlik YHX xizmati tomonidan nazoratga olingan.

Keça, 2022 yil 3 may kuni yoğib ötgan yomğirlar Surxondaryo viloyatining bir qator hududlarida kuçli sellarni keltirib çiqardi. Sel yengil maşina va çorva mollarini oqizgan. Bundan taşqari, yuqori kuçlanişli elektr liniyasining temir ustunini yiqitgandi.
“Özgidromet” 3-5 aprel kunlari yoğingarçilik oqibatida Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Toşkent, Namangan, Andijon va Farğona viloyatlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkinligi haqida ogohlantirgandi













