Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» 3–5 may kunlari sel kelish xavfidan ogohlantirdi
Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 3–5 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Markaz ma’lumotiga ko‘ra, bunday xavf yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hududlar quyidagilar:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson tumanlari;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlari;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlari;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari.
«Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilardan hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 20 aprel kuni Samarqand, Jizzax, Navoiy hamda Qashqadaryo viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, jiddiy oqibatlarga olib kelgan sel kuzatildi. Sel oqimlari oqizib ketishi natijasida Forish tumanida 5 kishi halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:41 / 15.12.2025
Hafta davomida hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi
18:24 / 14.12.2025
15 dekabrda O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishi mumkin
10:38 / 13.12.2025
Toshkent havosida PM10 va PM2,5 ko‘rsatkichlari me’yordan oshmadi
18:59 / 12.12.2025