Bugun, 5 may kuni Tashkent City hududida qurilayotgan Nest One majmuasida yonğin kelib çiqdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berişiça, hodisa haqida xabar kelib tuşganidan söng 3 ta yonğin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:27 da yetib borib, soat 17:38 da yonğin öçirilgan.
Yonğinga binoning “D” blok 7-qavatida olib borilayotgan ta’mirlaş işlari vaqtida 4 kv/m maydonda quriliş materialiga öt ketgani sabab bölgan.
Hodisa tufayli tan jarohati oliş va halok böliş holatlari kuzatilmagan.
Ma’lumot uçun, Nest One'da 2021 yil mart oyida ham yonğin kelib çiqqan, öşanda 2 kv.m maydonda penoplast yongani aytilgandi.
2020 yil dekabrda esa Tashkent City'ning 6-lotida qurilayotgan uylardan birining yertölasida yonğin çiqqandi.

















