O‘zbekiston | 18:16 / 07.05.2022
11309
2 daqiqa o‘qiladi

DXSh asosida yotoqxona qurish uchun subsidiya beriladi

4 yil ichida talabalar uchun har biri 400 o‘rinli bo‘lgan 228ta yotoqxona quriladi. Xususiy kompaniyalarga har bir ana shunday yotoqxona uchun 10,8 milliard so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Foto: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Hukumat qarori (239-son, 06.05.2022) bilan Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Nizomga ko‘ra, talabalar turar joylarini qurish uchun xususiy sherikka beriladigan subsidiya loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha bir o‘ringa to‘g‘ri keladigan qiymatning 50 foizi, lekin BHMning 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.

Loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar o‘rtasida tender o‘tkaziladi.

1-bosqichda, TTJ qurish xarajatlarining 15 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Keyingi bosqichlarda bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangan kundan 3 ish kuni ichida bajarilgan ishning 50 foizi miqdorida, 1-bosqichda ajratilgan mablag‘larni inobatga olgan holda subsidiya ajratiladi.

Ma’lumot uchun, 2022–2025 yillarda respublika bo‘yicha jami 228 ta (joriy yilda 47 ta) talabalar turar joyi (400 o‘rinli) barpo etish nazarda tutilgan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid