Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining hududiy boşqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi.
Unda, Yunusobod tumanidagi mahalla fuqarolar yiğinlaridan birida hokim yordamçisi lavozimida işlovçi mansabdor şaxs firibgarlik yöli bilan mahalliy tadbirkordan 35 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Ma’lum bölişiça, u öz xizmat mavqeyidan foydalangan holda tadbirkorga yengil tipdagi savdo dökoni örnatişi uçun mahalla hududidan 50 m2 yer maydoni ajratilişi yuzasidan tavsiya berişni va yer maydoni hujjatlarini tanişlari orqali uning nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan.
Bu yönalişda Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari ham boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda bir neçta tezkor tadbirlar ötkazdi.
Jumladan, viloyat Tadbirkorlikka kömaklaşiş markazining Samarqand şahar bölinmasi mutaxassisi çorvaçilik bilan şuğullanmoqçi bölgan tadbirkordan 35 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Aniqlanişiça, u Nurobod tumanidagi mas’uliyati çeklangan jamiyatlardan biriga tegişli 78 gektar lalmi yer maydonini 135 ming AQŞ dollari evaziga tadbirkor nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasining Samarqand tuman bölimi katta inspektori öziga tegişli fermer xöjalikning 20 gektar yer maydonini 50 ming AQŞ dollariga sotişga kelişib, oldindan 25 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Boşqa bir holatda esa Past Darğom tumanida yaşovçi, 1975 yilda tuğilgan şaxs özi iş boşqaruvçi vazifasida faoliyat yuritayotgan fermer xöjalikning 6 gektar yer maydonini mansabdor tanişlari orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga talab qilingan 170 ming AQŞ dollaridan 20 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
















