Shu maqsadda Xorazm viloyatida o‘quvchilarning yagona formasini tanlash bo‘yicha dastlab maktablarda, keyin tuman, shahar miqyosida, yakunda esa viloyat miqyosida tanlov o‘tkazildi.

Tadbirda 13 ta tuman va shahardan kelgan vakillar boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilarining o‘ziga xos, bir-biriga o‘xshamaydigan forma andozalarini tayyorlab, taqdim qildilar. 

Taqdimotdan kelib chiqqan holda ishchi guruh xulosasiga asosan Xorazm viloyatida o‘quvchilarning yagona formasi tanlab olinadi. Yangi o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar yagona formada maktabga borishadi.