«Birinchi chorakda Farg‘ona viloyati budjetida 250 mlrd so‘m qoldi, yil yakunigacha 1 trln so‘mgacha yetadi» – prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati
Farg‘ona viloyatiga tashrifini amalga oshirayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat faollari yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.
Prezident hokimlarni muammolarni ko‘proq ko‘tarishga chaqirdi va mahalliy budjetning ahamiyatini sanab o‘tdi.
“Xayrulla Bozorov tajribali hokim. U juda ko‘p masalalarni mening oldimga ko‘ndalang qo‘ydi. Eng muhimi – viloyat uchun jon kuydiryapti. Kecha bir muammoni aytdi: “Hurmatli prezident, katta korxonalar Farg‘onaning yer-suvidan foydalanyapti, lekin soliqni Toshkentga to‘layapti”. Menga ochiqcha gapirgani ma’qul. Mana bu qismini hal qilib beraman, mana bu tomoni qoladi, chunki respublika budjetini ham to‘ldirish kerak.
Shunga qaramay birgina Farg‘ona viloyatining o‘zida joriy yilning birinchi choragida 250 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ qolgan. Bozorov, G‘aniyevlar o‘tirishibdi. Besh yil oldin Farg‘onada bunday imkoniyat bo‘lganmi? Yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkich 1 trln so‘mga yetadi.
Hokim bu mablag‘ni to‘g‘ri yo‘naltiradi, Farg‘onaning yo‘li to‘g‘rilanadi, xalqiga suv yetib boradi. Bozorov 200 mlrd so‘m juda zarurligini aytdi, rozi bo‘ldim. Bu mablag‘ asosan tadbirkorlikka yo‘naltiriladi. Biz hozir tadbirkorlarni qo‘llab turaylik, bir necha yildan so‘ng ular bizga asosiy tayanch bo‘ladi”, – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

08:40 / 07.06.2025
Alyumin sexida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m

12:13 / 06.05.2025