Şimolliklar bilan kengayiş: Yevropa yanada kuçli va xavfsizroq böladimi yoki yangi tahdidlar bilan töqnaşadimi?
|00:08 / 13.05.202238 0509 min
Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan jiddiy xavotirlangan Skandinaviyadagi ikki betaraf mamlakat - Finlandiya va Şvetsiya şu yozdayoq Şimoliy Atlantika alyansiga a’zo bölib kiriş harakatiga tuşgan.
Air Force Master Sgt. Roidan Carlson / U.S. Department of DefenseAir Force Master Sgt. Roidan Carlson / U.S. Department of Defense
12 may kuni Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo va boş vazir Sanna Marin NATOga tezroq a’zo böliş zarurligi haqida qöşma bayonot berdi. Unda NATOga a’zo böliş mamlakat xavfsizligini mustahkamlaşi qayd etilib, yaqin vaqtlar içida bu qarorni qabul qiliş uçun milliy darajada barça zarur çoralar körilişiga umid bildirilgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, Finlandiyaning NATOga a’zolik haqidagi arizasi Rossiya tomonidan sözsiz tahdid sifatida köriladi. Uning sözlariga köra, Finlandiyaning NATOga kirişiga javoban Rossiyaning harakatlari alyans harbiy infratuzilmasining mamlakat çegaralariga qançalik yaqinlaşişidan kelib çiqib amalga oşiriladi.
Avvalroq Rossiya finnlar va şvedlarga «harbiy-texnik javob» va «mudofaaning qonuniy manfaatlarini ta’minlaş uçun zarur bölgan barça çoralar» bilan tahdid qilgandi.
Şvetsiya va Finlandiyaning (yoki uşbu mamlakatlardan birortasining) NATOga qöşilişi butun Yevropa qit’asi uçun xavfni kamaytiradimi yoki Yevropa yanada xavfli joyga aylanadimi?
NATO - Ikkinçi jahon uruşi yakunlangaç tuzilgan mudofaa alyansi. Hozirda uning tarkibida 30 mamlakat bor. Alyans ştab-kvartirasi - Bryusselda joylaşgan, ammo taşkilotning asosiy harbiy qudrati, jumladan yadroviy kuçi - Vaşingtonning qölida.
Finlandiya va Şvetsiya - rivojlangan demokratik mamlakatlar va NATOga a’zo böliş mezonlariga javob beradi. Şimoliy Atlantika alyansi boş kotibi Yyens Stoltenberg allaqaçon bu mamlakatlarni quçoq oçib kutib olişi va ularning a’zoligini rasmiylaştiriş keçiktirib ötirilmasligini ma’lum qilgan.
Yyens Stoltenberg Şvetsiya va Finlandiya agar istak bildirsa, ularni qabul qiliş yölini «nisbatan tezroq» topişga va’da bergan.
AQŞning Yevropadagi quruqlik qöşinlari qömondoni lavozimidan iste’foga çiqqan armiya general-leytenanti Ben Hodjyes uşbu mamlakatlar qöşilişi Ğarb uçun foydali bölişiga şubha bildirmaydi: «Şvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo bölib kirişi - bu ulkan hodisa, voqealarning juda ijobiy rivoji bölgan bölardi. Ikkisi ham - rivojlangan demokratik davlatlar, ularning ikkisining ham armiyasi juda yaxşi, malakali va modernizatsiya qilingan, mobilizatsiya tizimi juda yaxşi yölga qöyilgan».
Finlandiya misolida harbiy integratsiya allaqaçon u yoki bu şaklda amalga oşirilmoqda. Yaqinda Britaniyadan kelgan tank ekipajlari finnlarning zirhli brigadasi tarkibida NATOning köp millatli Birlaşgan ekspeditsiya kuçlarini (Joint Expeditionary Force, JEF) taşkil etuvçi amerikalik, latviyalik va estoniyalik harbiylar bilan birgalikdagi manyovrlarda iştirok etdi.
Mavzuga oid
Buyuk Britaniya mudofaa vazirligiga köra, bunday manyovrlardan maqsad «Rossiyaning Skandinaviya va Boltiqböyi davlatlariga tajovuzining oldini oliş» hisoblanadi.
Xöş, u holda bu ikki davlat (yoki heç bölmaganda bittasi) NATOga qöşilişida qanday muammo bor?
Rossiya, aniqroği - prezident Vladimir Putin NATOga mudofaa alyansi sifatida qaramaydi. Aksinça. Putin bu taşkilotda Rossiya xavfsizligi uçun tahdidni köradi. U 1991 yilda sovetlar ittifoqi qulagaç NATO asta-sekin, ammo işonç bilan şarqqa, Moskva tomon kengayib borayotganini taşviş bilan kuzatadi.
Putin KGBning yoş zobiti bölgan mahalda Moskva Şarqiy Yevropa mamlakatlaridagi vaziyatni nazorat qilar, Varşava kelişuviga a’zo davlatlarning aksariga sovet qöşinlari joylaştirilgandi.
Bugungi kunda bu davlatlarning deyarli barçasi Ğarbni tanladi va NATOga a’zo bölib kirdi. Sobiq sovet respublikalaridan Estoniya, Latviya va Litva ham şunday yöl tutişgan.
Rossiya - juda uzun çegaralarga ega mamlakat va bu çegaradan faqat 6 foizlik qismida NATO bilan çegaradoş. Şunda ham Kremldagilar NATO mamlakatni qurşab olgan va tahdid solmoqda, deb hisoblaşadi.
Öz qöşinlarini Ukrainaga jönatişdan avvalroq prezident Putin Yevropa xavfsizlik xaritasini qayta körib çiqişni talab qilgandi. U NATO harbiylari Şarqiy Yevropadagi barça mamlakatlardan olib ketilişi va alyansga boşqa a’zo qabul qilinmasligi kerakligini ta’kidlagandi.
Uning Ukrainaga bostirib kirişi teskari natija berdi.
Önlab yillar mobaynida Finlandiya va Şvetsiya öz betarafligini ardoqlab keldi. Ikki mamlakat ham Ğarb madaniyatiga mansub, ammo hozirgi voqealarga qadar bu mamlakatlar özining yirik, yadro quroliga ega bölgan qöşnisini bezovta qilişni istamas edi.
Ukrainaga bosqin ularni öz nuqtayi nazarini zudlik bilan özgartirişga undadi. Endi bu mamlakatlarning hukumatlari rahbarlari ham, fuqarolari ham NATO soyaboni ostida böliş xavfsizroqligi (Şimoliy Atlantika kelişuvining 5-moddasiga köra, alyansning biror a’zosiga hujum qilinsa, bu barçaga qilingan hujum sifatida qabul qilinib, qolgan a’zolar ham qurolli yordam berişi körsatilgan) haqida öylay boşlaşdi.
Şvetsiya boş vaziri Magdalena Andersson va Finlandiya boş vaziri Sanna Marin
Finlandiyada yaqinda ötkazilgan sörovlar finnlarning 62 foizi NATOga a’zo böliş tarafdori ekanini körsatgan. Taqqoslaş uçun, 2017 yilda bu körsatkiç 22 foizni taşkil etgan.
Şvetsiyada esa 2022 yil fevralidagi sörovda söralganlarning 41 foizi NATOga a’zo bölib kirişni ma’qullagan bölsa, hozirda bu körsatkiç 59 foizga yetgan.
«Ijobiy» argumentlar
Harbiy nuqtayi nazardan alyansga şvedlar va finnlar armiyasi qöşilişi NATOning Yevropa şimolidagi mudofaa qudratini sezilarli darajada kuçaytiradi, bu tomonda Rossiya qurolli kuçlari alyansnikidan katta ustunlikka ega hisoblanadi.
Ben Hodjyesning sözlariga köra, Finlandiyaning uluşi F-35 qiruvçi samolyotlari (Helsinki yaqinda bunday samolyotlardan 64 tasini xarid qilgan), Şvetsiyaniki esa - Patriot zenit-raketa majmualari böladi. Fin hukumati yaqinda mudofaa uçun xarajatlarini 2,2 milliard dollarga oşirdi - bu esa alyans uçun yaxşigina sovğa. NATOning bu davlatlar uçun moliyaviy va ekspertlik xarajatlari juda arzimas miqdorda böladi.
Bundan taşqari, Şvetsiyada Boltiq dengizida katta va strategik ahamiyatga ega bölgan Gotland oroli bölib, bu yerdan Rossiyaning Boltiq floti ştab-kvartirasi joylaşgan Kaliningradgaça masofa 300 kilometrdan ortiqroqni taşkil etadi.
Şvetsiyaning ham, Finlandiyaning ham qurolli kuçlari Arktikadagi jangovar harakatlar uçun örgatilgan, ular Skandinaviyaning qorli örmonlarida intensiv maşğulotlar ötkazib kelişadi.
1939 yilda sovetlar ittifoqi Finlandiyaga hujum qilganida, finnlar qattiq qarşilik körsatib, Qizil armiyaga katta talafot yetkazişgandi.
Geografik nuqtayi nazardan Finlandiyaning qöşilişi NATO mudofaasidagi katta böşliqni yopadi, alyansning Rossiya bilan umumiy çegaralari ikki barobar kengayadi.
Hodjyesning qayd etişiça, bu orqali Boltiq dengizi mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlik holati sezilarli darajada yaxşilanadi.
Siyosiy nuqtayi nazardan Skandinaviyadagi ikki davlat NATOga qöşilişi Ğarbning muştarak mudofaasiga birdamlik va yaxlitlik qöşadi hamda Putinga suveren Ukrainaga bosqin butun Yevropani birlaştirgani töğrisida aniq signal yuboradi.
«Qarşi» argumentlar
Oddiy qilib aytganda, bu örinda xavf şundaki, NATOning Rossiya ostonasida bu qadar kengayişi Kremlni şunçalik ğazabga soladi va bu ğazab u yoki bu şaklda namoyon böladi.
Putin «harbiy-texnik javob» qaytariş bilan tahdid qilar ekan, buni ikki xil tuşuniş mumkin: harbiylar va raketalarni Ğarbga yaqinroq joylaştiriş orqali çegaralarni mustahkamlaş va ehtimol Skandinaviya davlatlariga kiberhujumlar uyuştiriş.
Köp yillar mobaynida Şvetsiya öz betarafligi samarasidan foydalanib keldi va bundan voz keçiş oson emas. Çunki bu a’zolikning şved harbiy sanoati uçun ham öziga xos badali böladi - alyansga a’zo bölib kirgan mamlakat özi işlab çiqargan emas, NATOning qurollarini sotib olişga majbur böladi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Finlandiya va Şvetsiyaning NATOga qöşilişi «Yevropa qit’asiga qöşimça xavfsizlik olib kelmasligi»ni aytgan.
Vladimir Putin bolaligidagi bir voqeani eslaşni xuş köradi, unga köra u tomonidan burçakka taqalgan kalamuş ortga qayrilgan va uning öziga hujum qilgan.
Putin va uning atrofidagilar hozirdanoq Ukrainaga bosqinni oqlar ekan bu orqali NATOning Rossiya borasidagi rejalarini barbod qilinganini ta’kidlaşmoqda. Agar Kremldagilar yetarli sabablarsiz şimoliy qanotning keskin kengayişini Rossiya xavfsizligiga ekzistensial tahdid soladi deb qaror qilsa, Moskva bunga javoban aynan qanday çora körişini oldindan aytib bölmaydi.