Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston bug‘doy eksportini taqiqladi
Bug‘doy narxining oshishi mazkur qaror qabul qilinishiga sabab bo‘ldi.
Hindiston hukumati bug‘doy eksport qilishni taqiqladi. Hindiston tashqi savdo bosh direktoratining bayonotida bildirishicha, faqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun Hindiston bug‘doyi zarur bo‘lgan mamlakatlar uchungina istisno qilinishi mumkin.
Bayonotga ko‘ra, «Hindiston va qo‘shni mamlakatlar» oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan bug‘doy narxining oshishi mazkur qaror qabul qilinishiga sabab bo‘ldi.
Ushbu taqiq Hindistonning bug‘doy narxlari bo‘yicha global poygada foydaga erishish rejasiga zarba bo‘ldi, deb yozadi Bloomberg. Mamlakat bug‘doy yetkazib berish borasida Ukrainaning o‘rnini egallashi kutilgandi.
Hindiston bug‘doy yetishtirish bo‘yicha Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, uning ulushi 13,5 foizni tashkil etadi, deb yozadi India Times. Mamlakat yiliga 107,59 mln tonnadan ortiq don yetishtiradi, ammo aksariyat qismini ichki bozorga chiqaradi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026