Respublika tovar-xomaşyo birjasi faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektorda hududlar rahbarlariga ayrim turdagi mahsulotlarni birjaga olib çiqiş böyiça rejalarni tasdiqlaş vazifasi berildi.
«Hududlarning birja savdolaridagi iştirokini kengaytiriş böyiça hokimlarning iş rejasi bilan tanişib çiqdim.
Oçiq aytiş kerak, hali aksariyat hokimlar masalaning içiga kirmagan, birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor», dedi davlat rahbari.
Şu bois har bir viloyat, tuman va şahar hokimiga:
- öz hududidagi tadbirkorlar bilan uçraşib, ularning işlab çiqariş quvvatlarini tahlil qiliş;
- aniq turdagi va miqdordagi mahsulotlarni birjaga olib çiqiş böyiça oyma-oy rejalarini tasdiqlaş topşirildi.
Soha uçun har yili kamida 1 mingta mutaxassis tayyorlab, ularning bandligini ta’minlaşi zarurligi ta’kidlandi. Bunda kamida 100 ta nogironligi bor yoşlarni bepul öqitib, sohada işga qabul qiliş topşirildi.
Yiğiliş yakunida mutasaddilarning mavzu yuzasidan hisobotlari eşitildi.
















