Şavkat Mirziyoyev raisligida Tovar-xomaşyo birjasida savdolarni köpaytiriş, mahalliy korxonalar iştirokini kengaytiriş böyiça yiğiliş boşlandi.

«Birja samarali işlamasa, bozor munosabatlari ham bölmaydi. Birja savdolari erkin raqobatni şakllantiradi, tadbirkorlarga yangi bozorlarni oçadi, «yaşirin iqtisodiyot» va korrupsiyani keskin kamaytiradi», – dedi davlat rahbari.

Islohotlar natijasida:

  • sönggi uç yilda birja savdo aylanmasi 2 baravarga ösib, 90 trillion sömga yetdi, sotiladigan tovarlar soni 3 baravarga köpaydi (200 tadan 627 taga yetdi);
  • xorijiy davlatlarda birjaning 20 ta savdo maydonçalari taşkil etilib, joriy yilning 4 oyida 170 million dollarlik mahsulot sotildi;
  • ötgan yili 1 ming 274 ta xorijiy kompaniya Özbekiston birjasiga katta hajmlarda mahsulot qöyişni boşladi.

«Mana natija. Lekin bu imkoniyatlarimizning öndan biri ham emas», – dedi prezident hamda Taşqi savdo, Taşqi işlar vazirliklariga xorijdagi barça elçixonalarni jalb qilib, bunday savdo maydonçalarini taşkil etiş böyiça topşiriq berildi.