Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi yiğilişda yil yakuniga qadar birjalarga öz mahsulotini olib çiqadigan mahalliy tadbirkorlar sonini kamida 2 baravarga, mahsulotlar turini esa 5 baravarga oşiriş zarurligi qayd etildi.

Hozirda 45 mingdan ziyod mahalliy sanoat korxonalarining bor-yöği 7 foizi birjaga öz mahsulotini çiqarayotgani tanqid qilindi.
Jomboy tumanidagi ğişt işlab çiqaruvçi korxona öz mahsulotini birjaga olib çiqişi natijasida 21 milliard sömlik daromad olgan. Uyçi tumanidagi beton qorişmasi işlab çiqaruvçi korxona 10 milliard sömlik mahsulotini birja orqali sotgan.
Viloyat, tuman va şahar hokimlari tomonidan bu tajriba joylarda yölga qöyilmagani prezident tomonidan tanqid qilindi.
24 ta tuman quriliş materiallari işlab çiqarişga ixtisoslaşdi. Uşbu tumanlarda 2022 yilda umumiy qiymati 1,6 milliard dollarlik 150 ta loyihani amalga oşiriş reja qilingan.
Lekin bugungi kunda gipsokarton, quruq quriliş qorişmalari, lak-böyoq, kafel, mix kabi mahsulotlarni birjaga qöyiş böyiça çeklovlar mavjud.















