Jizzax, Navoiy, Samarqand va Xorazmda birja savdolari ança faollaşgan. Lekin Sirdaryo, Andijon va Surxondaryodagi korxonalarning birja savdolaridagi iştiroki pastligiça qolmoqda. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan yiğilişda ma’lum qilindi.

Şu bilan birga, Zangiota 37 turdagi, Karmana 24 turdagi, Danğara va Jomboy 17 turdagi mahsulotlarni birjaga çiqargan bölsa, Andijon, Nurota, Qiziriq, Boyovut tumanlarida atigi 1 turdagi mahsulot birjaga qöyilmoqda.

Şu munosabat bilan mutasaddilarga mahalliy mahsulotlarni birjaga olib çiqişni tuman darajasiga tuşiriş böyiça tizim yaratiş vazifasi qöyildi.

«Misol uçun, 1 iyuldan fermer va klasterlar 500 ming tonna ğallani birja orqali sotişi yölga qöyilmoqda. Bu fermerlar uçun 2 trillion söm qöşimça daromad degani.

Lekin tuman hokimlarida fermer mahsulotini birjaga qanday olib çiqişi, bu borada kimga murojaat qilişi, ya’ni işni qanday taşkil etişi böyiça aniq rejalar bormi? Bu savolga birorta hokimda ijobiy javob yöq», – dedi prezident.

Mahalliy mahsulotlarni birjada köpaytiriş böyiça yangi tizim Örta Çirçiq tumani misolida tuşuntirildi.