Viloyatda joriy yilda 26 ta ğallaçilik klasterlari taşkil qilinib, 2022 yil hosili uçun 140 ming gektar suvli maydonlarda 6600 nafar fermer xöjaliklari bilan fyuçers şartnomasi asosida boşoqli don hosili yetiştirilmoqda.

Bugun Qarşi tumanida ötkazilgan seminarda iştirok etgan viloyat hokimi Murodjon Azimov ğalla örim-yiğim mavsumini uyuşqoqlik bilan ötkaziş maqsadida har 2-3 ta kombaynni bittadan otryadga biriktirib, 176 ta otryadlar taşkil etilganini ta’kidlab, otryad rahbari, örinbosari va a’zolarining aniq vazifalari nimalardan iboratligini aytib ötdi.

Qarşi tumani ğallakorlari joriy yil 14000 gektar yerga don qadab, 110426 tonna hosil olişni reja qilgan.
Joriy yilda har yilgidan farqli ravişda, asosiy maqsad örim muddatini kamida 10 kunga qisqartirişdan iborat bölib, buning uçun ğalla örim-yiğimini uyuşqoqlik bilan ötkazgan holda 25-30 kunda töliq örib-yiğib oliş çoralari köriladi.




Ma’lumot örnida, uşbu yilda viloyatda mirişkorlarning maşaqqatli mehnati evaziga yetiştirilgan hosilni nes-nobud qilmay yiğiştirib oliş uçun har bir kombaynga 2 nafardan operatorlar, 1738 ta yuk taşuvçi avtomobillar, 118 ta ustaxonalar, va 67 ta yoqilği taşiş vositalari jalb qilingan.
















