Chuqur iqtisodiy inqiroz davom etayotgan Shri-Lankada yonilg‘i yetishmovchiligi sababli barcha ta’lim muassasalari yopildi.
Hukumat «yonilg‘i yetishmovchiligi va transport vositalari bilan bog‘liq muammolar» bois davlat xizmatchilariga ishga vaqtinchalik kelmay turishni tavsiya qildi.
16 may kuni Shri-Lanka bosh vaziri Ranil Vikremesingxe mamlakatda bir kunga yetadigan benzin qolganini ma’lum qilgandi.
Mamlakatda minglab transport vositalari bir necha kundan buyon yonilg‘i quyish shoxobchalarida navbatda turibdi.
Avvalroq Shri-Lanka tashqi qarzlar bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmagani uchun defolt e’lon qilgandi.















