
30 may holatiga platformada e’lon qilingan 294 ta taklifning asosiy qismi inson huquqlari, davlat boshqaruvi va fan-ta’limga doir takliflar sifatida tasniflangan.

Hozirga qadar platformada “sog‘liqni saqlash tizimida yagona elektron bazani shakllantirish”ga doir taklif eng ko‘p ovoz yig‘gan – 36 ta.
“8 soatlik ish vaqtini qat’iy belgilab qo‘yish va bunga amal qilmagan rahbarlarga nisbatan qat’iy jazo choralarini qo‘llash”ga doir taklifga 35 kishi ovoz bergan.
Platformaga kelib tushgan takliflar orasida korrupsiyaga qarshi kurashni konstitutsiyaviy maqomga ko‘tarish masalasi ham ko‘plab uchramoqda. Xususan, takliflarda korrupsion jinoyatlar uchun jazoni va uning muqarrarligini kuchaytirish, hattoki korrupsionerlar uchun o‘lim jazosini tiklash kabi takliflar ham bor.
Shuningdek, bir nechta fuqarolar tomonidan viloyatlar va tuman (shahar) hokimlarini xalq tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylash ilgari surilgan. Bunday takliflarning deyarli barchasi nisbatan ko‘proq ovozni yig‘moqda. Ma’lum qilinishicha, hokimlar saylash ortidan ularning xalq oldidagi javobgarligi ortadi.
Kelib tushgan takliflar orasida tashqi siyosatga doir fikrlar ham bor. Xususan, Konstitutsiyaga O‘zbekistonning harbiy bloklar va siyosiylashtirilgan iqtisodiy ittifoqlarga









