Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 5 sotix yerni 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
U kelishilgan puldan 70 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, DXX viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Samarqand tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz X.S. mazkur tumanda yashovchi fuqaroga issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix yerning 5 sotixini boshqa bir fuqaroning nomiga fabrika qurish uchun rasmiylashtirib berish evaziga undan 100 ming dollar talab qilib, so‘ralgan puldan 70 ming dollar olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 1 million dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.
Mavzuga oid
19:25 / 03.07.2026
“Zarafshon daryosida suv sarfi keskin oshgani sabab bo‘ldi” – Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirilganiga izoh berildi
17:00 / 25.06.2026
Mehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
20:06 / 15.06.2026