“Eng qulay vaqt – hozir”

Janubiy Koreyaning Jeonbuk universitetida iqtisodiyot böyiça magistrant darajasini olgan Mirkomil Xolboyev Kun.uz bilan suhbatda energetika islohotini ortiq keçiktirmaslik zarurati haqida söz yuritdi.

— Energetika islohotlarini amalga oşiriş va narxlarini erkinlaştiriş uçun eng yaxşi payt – hozir. Ya’ni keça ham yaxşi vaqt edi, hozir ham şunday. Yöqotiş yildan yilga oşib boraveradi, islohotni amalga oşirmaslik esa yöqotişlarni heç qanaqasiga kamaytirmaydi.

Energiya narxlari özgarişi iqtisodiyotga bir neçta signal beradi, bu esa bozor iştirokçilari qarorlarini özgartirişiga ham ta’sir ötkazadi. Islohot birinçi navbatda energiya resurslari samaradorligiga olib keladi. Iste’mol qiluvçilar: ham biznes vakillari, ham oddiy aholi qatlami tejamkorlik rejimiga öta boşlaydi. Hozirgi subsidiya asosida taqdim qilinayotgan energiyadan foydalanişda tejamkorlik nuqtayi nazaridan rağbat mavjud emas. Suv resurslari ham şunaqa. Subsidiya asosida fermer xöjaliklariga taqdim etilgani bois suv resurslarimiz haddan ziyod tanqis bölsa ham isrofgarçilik darajasi juda ham baland.

Bundan taşqari, Özbekiston yalpi içki mahsulotining sezilarli qismi (2020 yildagi statistik ma’lumotlar böyiça 6,6 foiz) energiya resurslarini subsidiyalaş uçun sarflanadi. Bu esa davlat mablağlari samarasiz sarf qilinişiga olib kelaveradi va alternativ ravişda uşbu mablağlarning nisbatan ançayin foydaliroq boşqa sohalarga (xususan, ta’lim va tibbiyot) yönaltirilişiga imkon bermaydi.

“Bizga haqiqiy ijtimoiy siyosat kerak”

Mirkomil Xolboyev / Foto: Facebook

— Hukumat özi ijtimoiy siyosat deb ataydigan, hatto aholi ham şunday hisoblaydigan energetika mahsulotlarining subsidiyalanişi ham aslida ijtimoiy siyosat emas. Oddiy elektr energiyasini olaylik (yoki tabiiy gaz). Hukumat aholi elektr energiyasini arzonroq (aslida juda qimmatga tuşadi) sotib olişi uçun bu sohaga har yili juda katta mablağ ajratadi. Lekin yaxşilab e’tibor berilsa, bu siyosatdan pastroq daromadli hamda arzon elektr energiyasiga muhtoj aholi qatlami emas, balki daromadi yuqoriroq bölgan qatlam köproq naf köradi.