Iqtisodiyot böyiça kolumnist, AQŞning Jorjtaun universiteti Xalqaro iqtisodiyot fakulteti talabasi Şahzod Yöldoşboyev Kun.uz'ga bergan intervyusida isloh qilinişi belgilangan Özbekiston energetika tizimi haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.

“Subsidiyalar bozor muvozanatini buzadi”

— Subsidiya – davlat budjetidan ajratiladigan mablağ, uning asosiy vazifasi bozordagi erkin narxni sun’iy ravişda tuşirib beriş. Siyosatçilar nazdida bu aholiga yordam beriş maqsadida amalga oşiriladi, şunda odamlar arzonlaştirilgan narxda qaysidir mahsulotni sotib olişga muşarraf böladi.

Aksariyat iqtisodçilarning fikriça, subsidiyalarning eng katta zarari – bozordagi muvozanatni buzişi. Undan taşqari, iqtisodiy rivojlanişga tahdid soladi va ijtimoiy tengsizlikni çuqurlaştirib boradigan dastur sifatida köriladi.

Hozir Özbekistonda  xonadonlar uçun 1 kv.soat elektr toki narxi 295 söm, bu taxminan 2,6 sentga töğri keladi. Dunyo miqyosida bu narx 7 barobar qimmatroq. Örtadagi tafovutning oldini oliş uçun yalpi içki mahsulotimizning 6,6 foizini subsidiya uçun işlatamiz. Soliştiriş uçun, ta’limga YaIMning 5,1 foizi, soğliqni saqlaşga esa 5,3 foizi töğri keladi.

Iqtisodiyotdagi eng zararli sözlar – “imtiyoz”, “subsidiya” va “preferensiya”. Özbekiston iqtisodiyotida esa bu sözlar köp işlatiladi.

Subsidiya barça uçun baravar bölsa...

— Masalan, ikkita qöşni bor. Bittasi örtaça holatda yaşaydi. Uyi nisbatan kiçkina, maşinasi yöq, bitta muzlatkiç va televizor işlatadi. Ikkinçisi boy, uç qavat uyda yaşaydi. 4ta televizori va ikkita maşinasi bor. Ularning iqtisodiy holati teng emas. Lekin nominal jihatdan qaraganda, davlat tomonidan boy oilaga köproq yordam körsatiladi.

Xususan, ikkinçi xonadon elektr tokini 3 barobar köp işlatadi va qöşnisiga qaraganda şunça köproq miqdorda subsidiyadan foydalanmoqda.

Jahon tajribasida esa poğonali hisoblaş tizimi amal qiladi. Bizda ham Yunusobod tumanida şunaqa tajriba ötkazilgan