1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni. Bu sana tarixi 1925 yilga borib taqaladi. Öşa yilda turli davlatlar iştirokida Jyenevada ilk marta bolalar farovonligiga bağişlab xalqaro konferensiya ötkaziladi. Konferensiyada iştirokçi mamlakatlar bolalar kuni sifatida alohida sanani tanlaşga kelişib oladi. Biroq qaysidir alohida sana taklif qilinmaydi, hamma öz madaniyatiga mos sanani tanlaşi tavsiya qilinadi.
1949 yilda esa sovet mamlakatlarida 1950 yildan boşlab 1 iyunni «Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni» sifatida nişonlaş töğrisida qaror qabul qilinadi va bu sana bayram qilina boşlanadi.
Bundan taşqari, BMT tomonidan belgilangan 20 noyabr sanasi ham Xalqaro bolalar kuni hisoblanadi. Ayrim davlatlarda bolalar kuni emas, bolalar haftaligi tarzida ham nişonlanadi.

Garçi kunlar har xil bölsa-da, bu sanalarning hammasi irqi, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, terisining rangidan qat’i nazar, alohida sana belgilaş orqali bolalarni himoya qiliş, ularni sifatli tibbiy xizmat, ta’lim, yetarli oziq-ovqat bilan ta’minlaş borasida xalqaro e’tiborni qaratiş maqsad qilingan.
Bolalar himoyasi, ularning soğligi va ta’limi himoyasida hali dunyo miqyosida köplab muammolar bor.
Çaqaloqlar ölimi
Bolalar tirik qolişidagi eng muhim davr – umrining birinçi oyi hisoblanadi. JSST ma’lumotlariga köra, yiliga 2,4 mln çaqaloq bir oylikda vafot etgan. 28 kunlikkaça vafot etadigan çaqaloqlarning aksari ölimiga sifatsiz tibbiy xizmat yoki muddatidan oldingi tuğuruq sabab böladi.
Kambağallik oqibatlari
Dunyo böyiça taxminan 356 mln bola öta qaşşoq ahvolda yaşaydi. Kambağal bolalarning ölim xavfi öziga töq yaşayotgan oilalarning farzandlariga qaraganda ikki barobar yuqori. Hatto rivojlangan davlatlarda ham har yettinçi bolaga kambağallik xavf soladi.






















